Odil Abdurahmonov




Odil Qalandarovich Abdurahmonov (1978-yil 6-fevral, Toshkent, OʻzSSR, SSSR) – oʻzbek iqtisodchisi, iqtisod fanlari doktori va davlat arbobi. 2023-yil 30-oktyabrdan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri. 2022—2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlgan. Oʻzbekiston Bodibilding va fitnes federatsiyasi raisi.

Biografiya



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida bosh konsultant, Bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish ilmiy markazi direktori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari, Prezidentning fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. 2020-yildan hozirgacha Toshkent davlat transport universiteti rektori, 2022-yil 25-iyuldan 2023-yil 25-oktyabrgacha – Prezidentning yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi. 2023-yil 25-oktyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri etib tayinlandi.

Karyera



Siyosat

Sports

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz