Odil Abdumajidov
Odil Abdumajidov (2001-yil 1-iyunda Andijonda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik futbolchi, „Olimpik“ va 23 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynaydi.
Futbolchilik faoliyati
Klub
Andijon futboli tarbiyalanuvchisi. U futbolchilik faoliyatini 2019-yilda Bekobodning „Metallurg“ jamoasi tarkibida boshlagan. 2020-yilning 17-avgust kuni „Bunyodkor“ klubiga qarshi oʻyinda u Oʻzbekiston Superligasida debyut qilgan.
2022-yil boshida u ijara asosida Qozogʻistonning „Ordabasi“ klubiga oʻtdi. 2022-yil 5-mart kuni „Maktaaral“ klubiga qarshi oʻyinda u Qozogʻiston Premer-ligasida debyut qildi. Qozogʻiston klubi safida 2022-yilgi Qozogʻiston kubogi sohibi boʻldi.
Olimpik
2023-yilgi mavsum oldidan Qozogʻiston klubi bilan ijara shartnoma yakunlanganidan soʻng, „Olimpik“ klubi
Abdumajidov ni „Metallurg“ klubidan 1 yilga ijaraga oldi.
Milliy
2021-yil 28-may kuni Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi safida Ukraina yoshlar terma jamoasiga qarshi oʻyinda (2:0) debyut qilgan.
Yutuqlar
Ordabasi
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org