Odeytepa




Udoytepa , Odeytepa — qad. shahar xarobasi (mil. av. 1-ming yillik — mil. 12-asr). Amudaryo bulshdagi Forob temir yoʻl stansiyasidan 30 km shimolida joylashgan. Umumiy maydoni 23 ga. U.ning eng qad. madaniy qatlamlari ilk temir davriga oid boʻlib, soʻngra hayot 9—12-asrlarga qadar betoʻxtov davom etgan. Shahar dumaloq shaklda boʻlib 3 qismdan tashkil topgan, har bir qism qalin mudofaa devori bilan oʻrab olingan. Tarixiy manbalarda (9-asr) qayd etilgan Umm Jaʼfar qalʼasi U. oʻrnida boʻlgan deb taxmin qilinadi. Qalʼa yaqinida arablar istilosi davrida arablar bilan turkiylar oʻrtasida 2 jang sodir boʻlgan (730-yil). Qalʼaning Buxoro viloyati chegarasida joylashgani muhim stra-tegik ahamiyat kasb etgan. "Umm Jaʼfar" atamasi arablar tomonidan qoʻyilgan boʻlib, ayol kishi nomidan olingan. Islomdan avval u boshqacha nom bilan Xukanja yoki Xoqonja deb atalgan, 9-asrda arabcha Umm Jaʼfar deb nomlangan. Keyinchalik qalʼa va uning atrofidagi mavze eski nomi bilan yuritila boshlagan.

uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz