Oder




Odra , Oder (chex va polyak tilida Odra, nemis tilida Oder, lotin tilida Viadrina) — Gʻarbiy Yevropadagi daryo. Chexiyadagi Odra togʻlaridan boshlanadi, soʻngra Polsha hududidan oqadi. Odraga Nisa-Lujitska daryosi qoʻshilgan joydan Grifino shahargacha Polsha va Germaniya oʻrtasida chegara vazifasini oʻtaydi. Boltiq dengizining Shchetsin qoʻltigʻiga quyiladi. Uz. 854 km, havzasining maydoni 119 ming km² ga yaqin. Nisa-Lujitska daryosi quyilgan joydan boshlab keng (eni 200 m dan ziyod) va sersuv. Quyi qismida 2 tarmoqqa boʻlingan. Qor va yomgʻirdan toʻyinadi. Quyilish joyida suv sarfi oʻrtacha 565 m³/sek. Elba va Visla daryolari bilan kanallar orqali tutashgan. Odra boʻyida Opole, Vrotslav, Shchetsin shaharlari joylashgan.

Odra , Oder (chex va polyakcha Odra; nem. Oder) — Gʻarbiy Yevropadagi daryo. Chexiyadagi Sharqiy Sudet togʻlaridan boshlanadi, soʻngra Polsha hududidan oqadi. O.ga Nisa-Lujitska daryosi qoʻshilgan joydan Grifino shahrigacha Polsha va Germaniya oʻrtasida chegara vazifasini oʻtaydi. Boltiq dengizining Shchetsin qoʻltigʻiga quyiladi. Uz. 891 km, havzasining maydoni 149 ming km² ga yaqin. Nisa-Lujitska daryosi quyilgan joydan boshlab keng (eni 200 m dan ziyod) va sersuv. Quyi qismida 2 tarmoqqa boʻlingan. Qor va yomgʻirdan toʻyinadi. Quyilish joyida suv sarfi oʻrtacha 580 m³/sek, maksimali 3000 m³/sek. Dengiz yiliga 16 km suv keltiradi. Bahorda sersuv. Qish sovuq kelgan yillari muzlaydi. O.ning qu-yilish joyidan Kozle shahrigacha yirik kemalar qatnaydi. Elba va Visla da-ryolari bilan kanallar orqali tutashgan. O. boʻyida Ostrava, Opole, Vrotslav, Shchetsin, FrankfurtOder shaharlari joylashgan.

Eslatmalar




Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz