Oddiy Tentakbodring




Eshakbodring , oddiy tentakbodring— qovoqsoshlar oilasiga mansub bir yillik, bir uyli oʻg turi, dorivor oʻsimlik. Oʻrta va Qora dengizning quruq ochiq qirgʻoqlarida oʻsadi. Kavkaz va baʼzan Oʻrta Osiyo qumliklarida, tashlandiq joylarda uchraydi. Iddizi yoʻgʻon, poyasi qisqa shoxli, yotib yoki biroz koʻtarilib oʻsadi, qattiq, gʻadirbuDUR, boʻyi, 0,5—1,5 m. Barglari yuraksimon, uz. 5—10, eni 4—8 sm, gullari bchsariq, bir jinsli, iyun— iyul oylarida gullab, urugʻlaydi. Mevasi tuxumsimon, tukli, sersuv, yetilganda qoʻl tegishi bilan bandidan uzilib ketadi va uzilgan joyidan atrofga urugʻ aralash achchiq suyuqlik sochiladi. E. shu yoʻl bilan koʻpayadi. Baʼzan ekib oʻstiriladi. Xalq tabobatida ichni yumshatuvchi vosita sifatida ishlatiladi.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz