Oddiy husnbuzar




Husnbuzar (Acne vulgaris) — seboreyali bemorlarda uchrovchi soch qopchasi va yogʻ
bezlarining surunkali yiringli yalligʻlanishidir. Kasallik koʻproq balogʻat
yoshidan boshlanib, koʻproq 20-45 yoshlilar orasida uchraydi.
Oddiy husnbuzar kasalligi insonlarda balogʻat yoshi davrlarida kuzatiladi. Kasallik asosan estrogen va androgen gormonlari
nisbatining oʻzgarishi hisobiga, yani androgenlar miqdorining koʻpayishi va yogʻ ajralishi jarayonining kuchayishi hisobiga yuzaga
keladi. Ayollarga nisbatan erkaklarda kasallik koʻproq uchraydi. Kasallikning kelib chiqishida meʼda-ichak aʼzolari kasalliklari,
moddalar almashinuvi va endokrin tizimi faoliyatining buzilishi, gipovitaminozlar, qabziyat va boshqa omillar sabab boʻladi.
Kasallik rivojida yogʻ bezlarining koʻp miqdorda yogʻ mahsulotini ajrata boshlashi (giperfunksiya) kuzatiladi, bunday holatlarda
nafaqat yogʻ bezlaridan ajralayotgan sekretsiya miqdori oshibgina
qolmay, balki uning tarkibi ham oʻzgaradi. Natijada erkin holatda boʻlgan yogʻ kislotalarining miqdori oshib, terida ishqoriy muhit
vujudga keladi. Yogʻlarning chiqish yoʻllarida yogʻ mahsulotining yigʻilib qolishi hamda ularga stafilakokk, streptokokk,
korinobakteriyalar va boshqa infeksion omillarning tushishi natijasida oʻchoqlarda yalligʻlanish jarayoni koʻrinarli darajada
namoyon boʻladi. Yalligʻlanish jarayonini kechishi bemor organizmning individual holatiga va mikroorganizmlar miqdoriga
hamda ularning virulentlik darajasiga bogʻliq boʻladi.

Tasnifi



Oddiy xusnbuzar kasalligi quyidagicha tasniflanadi:
I Klinik koʻrinishi jihatidan yalligʻlanishsiz kechadigan husnbuzar koʻrinishida;

II Yalligʻlanishli husnbuzar koʻrinishida

III Yalligʻlangan tugunchalar koʻrinishida (toshmalar diametri 5-mm.);
IV Pustulalar koʻrinishida (diametri 5-mm yiringli oʻzakli yalligʻlangan toshmalar);
V Pugunlar (diametri 5-mm dan katta boʻlgan yalligʻlangan toshma elementlari).
Kechishi jihatidan quyidagicha boʻlinadi:
VI Yengil kechishi

VII Oʻrta ogʻirlikda kechishi (bir nechtadan, qoʻp miqdorgacha tugunchalar va pustulalar hosil boʻladi):

VIII Ogʻir kechishi

Etiologiyasi




Aniq boʻlmagan, kasallikka olib keluvchi bir qator omillar mavjud. Ular:

Klinikasi




Kasallikning ilk alomatlari terida qattiqlashgan qizgʻish tugunchalar tarzida paydo boʻladi, ular asosan yiringchalar shaklida,
keyinchalik esa komedonlar koʻrinishida, yaʼni yogʻ bezlari chiqaruv yoʻllari tirqishlarining bekilib qolishi holati koʻrinishida
namoyon boʻladi. Keyinchalik, yalligʻlanish jarayoni tugunchali, pustulali yoki papula-pustulali toshmalarning paydo boʻlishi
bilan kechadi. Kasallikning bunday klinik koʻrinishda kechishida toshmalar asosan chandiqlar hosil qilmay yoʻqoladi. Toshmalarning
bir-biriga qoʻshilishi va chuqurlashishi hisobiga infiltratsiya yoki abssesslanish holatlari vujudga keladi, natijada esa jarayon
depigmentli chandiqlanishlarni qoldirish bilan tugaydi.
Kasallikning sharsimon (Acne conglobata) klinik shaklida katta hajmli infiltratlar hosil boʻlib, ular derma qavatining
chuqur sohalarida va teri osti yogʻ qavatlarida joylashgan boʻladi. Bunday toshmalar bir-biri bilan qoʻshilishga moyil boʻlib, umumiy
infiltratli oʻchoqlarni, yaʼni konglobatlarni hosil qiladi, ular markazida esa keyinchalik abssesslar (abssesslangan husnbuzar)
paydo boʻladi, bunday oʻchoqlar oʻzidan keyin chandiqlar hosil qiladi. Absesslangan oʻchoqlar bemorlarning nafaqat yuz teri
sohalarida, balki koʻkrak teri sohalarida ham kuzatilishi mumkin.

Molniyenos husnbuzar (tez hosil boʻluvchi husnbuzar) klinik shakli kam holatlarda uchraydi va u kasallikning ogʻir kechuvchi turi
boʻlib, asosan balogʻat yoshiga yetgan oʻgʻil bolalarda kuzatiladi. Kasallik belgilari tana teri yuzalarida birdan pustula va
papulali toshmalar tarzida paydo boʻladi. Joylarda bunday toshmalar tez vaqt ichida yaralarga aylanib, yarali-nekrotik
piodermiyani eslatadigan oʻchoqlar hosil qiladi. Bemorlar tana haroratlari 38 °C darajagacha koʻtariladi, mushak va boʻgʻim sohalarida
ogʻriqlar, holsizlik holatlari hamda ishtahaning pasayishi kabi oʻzgarishlar kuzatiladi. Kasallikning invers, yaʼni klinik shakli
appokrin ter bezlarining zararlanishi hisobiga hosil boʻladi. Jarayon asosan qoʻltiq osti va oraliq sohalarida joylashadi,
oʻchoqlarda ogʻriqli infiltratlar hosil boʻladi, keyinchalik esa ular yorilib, tarkibidan yiringli suyuqlik ajrala boshlaydi.

Terining seboreyali sohalarida (yuzda, boʻyinda, koʻkrak sohalarida, yelka kamarida), yogʻli terida, kengaygan teri tirqishlarida follikulyar yiringchalar vujudga keladi, ularning asosi va atrofi infiltratsiyalangan boʻladi. K om edonlar kuzatiladi. H usnbuzarning
rivojlanish bosqichida eritematoz, papulyoz va pustulyoz davrlari tafovut etiladi. Husnbuzarning asoratlangan turlari: abstsesslashgan va sharsimon (konglobatli) husnbuzarlar farqlanadi.
'''Acne flegmonose''' koʻproq uchrab, yalligʻlanish teri osti kletchatkasiga yoyiladi, natijada abstsesslar hosil boʻladi, bular, asosan, erkaklar yelka terisida (koʻkrak orasida) uchraydi. Bir necha komedonlar yalligʻlanishida qoʻshilib ketib, yirik abstsesslar paydo boʻladi, ular oʻrtasida qora komedon nuqtalari saqlovchi chandiqlarga aylanadi.

Tashxisi



Bemor kelgandagi shikoyatlari, kasallikni boshlanish omili va sababchisi haqidagi maʼlumotlar, shuningdek, bemorning umumiy koʻrinishi, teri va shilliq qavatlarning koʻrinishi, epidemiologik anamnezlarga asoslanib qoʻyiladi. Qoʻshimcha sifatida fizikaga va instrumental-laboratoriya tekshiruvlari oʻtkaziladi. Yana bu kasallik oʻziga xos klinik koʻrinishlarga ega.

Differensial tashxisi




Davosi



Husnbuzar kasalligini davolash jarayonida bemorlarga uglevodli hamda yogʻli mahsulotlarni isteʼmol qilish taqiqlanadi.
Davo choralari kompleks ravishda olib boriladi, bemorlarga antibiotiklar (tetratsiklin guruhidagi dori vositalari 2
haftadan 3-4 oy davomida qabul qilinadi), stafiloanatoksin, stafiloantifagin, stafilovaksina, gammaglobulin kabi dori
vositalari tavsiya etiladi. Davolash jarayoni A, E, V2, V6, V12, V15 kabi vitaminlardan ham keng koʻlamda qoʻllash orqali olib
boriladi.

Mahalliy davo:



Mahalliy davo choralari salitsil kislotasining spirtli eritmalari, rezorsin hamda spirtli va efirli losonlarni,
eritromitsin, levomitsetin kabi dori vositalari eritmalarini surtish orqali olib boriladi. Mahalliy davoda Zinerit losonini
(eritromitsin-rux brikmasi kompleksi) qoʻllash yaxshi davo samarasini beradi.
— yengil, oʻrtacha yengil turlarida bir yoki bir necha keratolitik,
antibakterial vositalar almashib qoʻllaniladi;

Shu vositalardan biri teriga har kuni 1-2 marta surtiladi. Mahalliy davo uzoq muddat (2-4 oy) mobaynida qilinadi.

Umumiy davo:




Bemor ahvoli va kasallik darajalarini hisobga olgan holda bemorga qoʻshimcha davo vositalari va kerakli mutaxassislar jalb qilinadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz