Oddiy boʻgʻma ilon




Boa , oddiy boʻgʻma ilon (Constrictor constrictor) — boʻgʻma ilonlar oilasiga mansub ilon. Uz. 2—5,5 m. Terisining rangi chiroyli naqshindor yaraqlagan. Amerikaning asosan tropik oʻrmonlari, togʻli hududlarida (imperator boʻgʻma iloni — Boa imperator kenja turi) va quruq ochiq landshaftlarida (argentina boʻgʻma iloni — Boa occidentalis kenja turi) tarqalgan. Koʻpincha yerda, dare va soylar qirgʻogʻida, daraxtlarda yashaydi. Odamlar yashaydigan joylar yaqinida ham uchraydi. Kemiruvchilar, kaltakesaklar va qushlar bilan oziqlanadi. Asosan kechasi ovga chiqadi. Urgʻochisi 3 tadan 64 tagacha bolalaydi. Yosh B. koʻlga oʻrganadi, tutqinlikda 10 va undan koʻproq yil yashaydi. B. terisi juda yuqori baholanadi, undan koʻnteri sanoatida foydalaniladi.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz