Odamlar qachondan tuxum iste’mol qila boshlashgan?



Qachonki odamlar tasodifan uzoq muddatga changalzorga yoki kimsasiz orolga tushib qolsalar, ular ochlik zabtiga chidab bo’lmasligi tufayli duch kelgan narsani yeya boshlaydilar. Taxminan shu tarzda yemish izlab yurgan ibtidoiy odam ham qushlarning tuxumini tatib ko’rgan edi. Bu narsa qachon sodir bo’lganini aniq aytishning, tabiiyki, iloji yo’q. Ammo biz, tovuqlar juda qadim zamonlardan beri odamlarni yeyimli tuxumlar bilan ta’minlab kelayotganligini yaxshi bilamiz. Tovuqlarning o’zi esa dastavval Hindiston changalzorlarida paydo bo’lgandi. Ular oqsoch tarixni qayd etib boruvchi solnomalar paydo bo’lishidan anchayin ilgari butun dunyo bo’ylab tarqalib ketgan edi. Tovuqlar Xitoyda bundan 3500 yil muqaddam ham ma’lum bo’lgan! Rimliklar shimol taraflarga yurish boshlaganlarida ular Angliyada, Galiyada va German qabilalari orasida tovuqlarga duch keladilar. G’arbiy yarimsharda esa Kolumb u yoqlarga 1493 yilda ikkinchi marotaba safar qilmaguniga qadar tovuqlar bo’lmagan. Butun dunyoda tovuqlar umuman iste’mol qilinadigan tuxumlarning asosiy qismini yetishtirib beradilar. Rost, ba’zi mamlakatlarda odamlar o’rdaklarni va ularning tuxumlarini afzal ko’rishadi. Darvoqe, siz tuxum tugish bo’yicha musobaqada o’rdaklar tovuqlar ustidan g’alaba qozonganini bilasizmi? O’rdak bir yilda 360 dona tuxum tuqqan hollar ham uchrab turadi. Bordi-yu, dunyodagi hamma tovuqlarning va ular bir yilda tuqqan tuxumlarining miqdori hisoblab chiqilsa, unda yer yuzida yashovchi har bir odamga haftada 2 donadan tuxum to’g’ri keladi. Tuxum uch qismga: oqi, sarig’i va po’chog’iga ajraladi. Oqi tuxum vaznining 58% ga yaqinini tashkil etadi. Uning 87% i suvdan va 12% i proteindan iborat. Sarig’i tuxum vaznining 12%ini tashkil etadi. Unda 49% — suv, 32% – moylar va 17% oqsil bor. Tuxum vaznining 10% i po’chog’iga to’g’ri keladi. Tuxum yuqori sifatli taom sanaladi, chunki uning tarkibida aminokislotalar, ma’danli tuzlar va vitaminlar mavjuddir.


Manba



Mo’jiza kitobning 3-jildi

Sun'iy intellekt javobi:

Odamlar tuxum iste’mol qilishni juda qadimdan, miloddan avvalgi ming yillardan boshlab boshlashgan deb hisoblanadi. Arxeologik topilmalar va qadimiy manbalarga ko‘ra, odamlar ilk bor qushlar tuxumini yovvoyi tabiatdan yig‘ib, iste’mol qilganlar. Bu jarayon insonlarning ovchilik va to‘plovchilik davrlariga, ya’ni paleolit va mezolit davrlariga to‘g‘ri keladi.

Qadimgi odamlar o‘z ovqatlarini boyitish uchun tabiatdan turli manbalardan oziq-ovqat yig‘ishgan. Tuxumlar — bu protein va boshqa muhim ozuqaviy moddalarga boy bo‘lgan eng qulay va tez topiladigan oziq-ovqat mahsuloti hisoblangan. Ular tuxumni yovvoyi qushlarning uyalaridan olib, iste’mol qilishgan.

Qishloq xo‘jaligining rivojlanishi va qishloq hayvonlarini boqish boshlangach, ayniqsa tovuq parvarishlash ommaviylashgandan so‘ng, tuxum iste’moli yanada kengaydi. Tarixda ming yillar davomida tuxumning oziq-ovqat sifatida ahamiyati ortib bordi.

Xususan, miloddan avvalgi taxminan 7-5 ming yillikda, O‘rta yer dengizi va Osiyo hududlarida tovuq parvarishlash boshlanishi bilan tuxumni muntazam qilib qo‘lga kiritish yana osonlashgan.

Shunday qilib, odamlarning tuxum iste’moli ming yillar davomida tabiiy yig‘ishdan boshlab, to‘liq parvarish qilingan tovuqlardan tuxum olishgacha bo‘lgan uzoq evolyutsiyaga ega. Bu davrda tuxum inson oziq-ovqat madaniyatining muhim qismiga aylangan.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz