Odamlar nima deydi




Odamlar nima deydi — oʻzbek reperi Konstaning bloger va qo‘shiqchi Timur Alixonov bilan birga kuylagan dueti. Duet dastlab 2022-yili kuylangan va 13-noyabr kuni YouTubedagi Konsta Uz kanaliga yuklangan. Qoʻshiq ommalashib ketishi munosabati bilan 2023-yil 6-avgust kuni suratga olingan ikkinchi klipi YouTube kanalida eʼlon qilingan. Ikkinchi klipning suratga olinishi borasida Konsta quyidagi fikrlarni bildirib oʻtgan:

Hammasi Subyektiv’dagi intervyudan boshlandi. O‘zimiz bergan intervyuni ko‘rayotganimda, Mirshakarning „Odamlar nima deydi?“, degan savolga bergan javobi e’tiborimni tortdi. Uning shunday nomli ko‘rsatuvi ham bor edi. Qisqasi, qo‘shiq yaratilishiga o‘sha intervyu va Mirshakarning fikrlari turtki bo‘lib, ruhlantirdi. Keyin real hayotimizdagi holatlardan kelib chiqib qo‘shiq yozdik. Timurga qo‘ng‘iroq qilib, birga ijro qilishimizni aytdim, u qo‘shiqni eshitib darrov rozilik bildirdi. Taronani odamlarga taqdim etdik va yaxshi qabul qilindi[3].

Yana qarang



Gulim

Oʻzbegim farzandiman

Beautiful Life

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz