Ochiq mikrofon
Ochiq mikrofon (open mic yoki open mike) — bu qahvaxona, tungi klub, komediya klubi, striptiz klubi yoki pubklub kabi joylarda, odatda tunda boʻlib oʻtadigan jonli shou. Unda istalgan tomoshabin oʻz isteʼdodini namoyish qilishi mumkin. Odatda, ochiq mikrofonlarda havaskorlar ilk chiqishini va professionallar tez orada namoyish etilishi kerak boʻlgan biror asardan parchani targʻib qilishadi. Nomidan maʼlumki, tomoshabinlarga yaxshiroq eshitilishi uchun ijrochilar mikrofondan foydalanishadi.
Ijrochilar oʻsha yerdagi tajribali ishtirokchi, dasturga masʼul menedjer yoki shu dasturning olib boruvchisi yordamida roʻyxatdan oʻtadi. Dasturni olib boruvchi shaxs yashirin qobiliyat egalariga sahnaga hozirlik koʻrishlari uchun ozroq vaqt beradi. Sahnada ular ularga beriladigan vaqt ham chegaralangan boʻladi. Ochiq mikrofonlarda asosan komediya (sketch-komediya yoki stend-up), musiqa (mualliflik qoʻshiqlari ijrochilari tomonidan kuylanadigan), sheʼriyat va deklamatsiya kabi chiqishlarni koʻrish mumkin. Rok guruhlari yoki komediya truppalarining chiqishlarini ham kuzatish mumkin, lekin, asosan bu guruhlarni oldindan tayyorlash va ovozini tekshirish uchun mahsus joy hamda logistika talablari tufayli ular kam tarqalgan.
Ochiq mikrofonlarga kirish narxi odatda qimmat boʻlmaydi, yoki umuman tekin boʻladi. Joyning oʻzida tashkilotchilar tomonidan lotereyaga turli xil sovgʻalar qoʻyilishi yoki maʼlum bir maqsadni koʻzlagan holda koʻngilli tomoshabinlardan pul yigʻish uchun maxsus qutilar tashkil qilinishi ham mumkin. Odatda kirish toʻlovi boʻlmagan joylarda spirtli ichimliklar va oziq-ovqat sotishdan foyda koʻriladi. Koʻp joylarda ishtirokchilarga chiqish qilgani uchun hech qanday hizmat haqi toʻlanmaydi, lekin oʻsha joyda ichimlik ichishi yoki nimadir tanovul qilishi mumkin. Ammo, tashkilotchi yo joyning egasi haq toʻlashga qurbi yetadigan boʻlsa, Ochiq mikrofon qatnashchilari oʻz chiqishlari uchun haq ham olishadi va biroz muddat hozirlik koʻrib, keyin sahnaga chiqishadi. Pul evaziga sahnaga chiqish holatlari koʻpincha maʼlum vaqt oraligʻida boʻsh qolgan sahnani toʻldirish kerak boʻlgan vaziyatlarda uchraydi. Ochiq mikrofonlar jem seyshonlarga ham biroz oʻxshash. Sababi ikkisi ham havaskor ijrochilar va ijodkorlarga sahnaga chiqish imkonini beradi. Farqi shundaki, jem seyshonlarda koʻpincha musiqiy ansambllar, musiqachilar gurugi yoki ritm guruhi, hatto professional ijrochilar ham ishtirok etishi mumkin.
Musiqa
Ochiq mikrofonlar havaskor yoki musiqa olamiga endigina kirib kelayotganlarga jonli auditoriya qarshisida tajriba orttirish imkonini beradi. Mashhurlikka erishishdan oldin, yaʼni sanʼatkorning ilk chiqishlarida tomoshabinlar uni har doim ham yaxshi qabul qilishmaydi. Chunki odatda ular milliy estrada uslubidagi yoki folklor qoʻshiqlarga oʻrganishgan boʻladi. Shuningdek, tomoshabinlar akustik musiqachilar yoki yakkaxon xonandalar tomonidan ijro etilagan qoʻshiq va musiqa xalqona va ularga mos uslubda aytilishi kerak degan tushunchani ilgari surishadi. Bu notoʻgʻri qarash bugungi kunga qadar ham mavjud. Aynan shuning uchun ham ayrim joylarda tashkilotchilar „akustik kecha“, „akustik klub“lar tashkil qildilar. Bundan maqsad nafaqat folklor uslubidagi qoʻshiqlarni ommaga taqdim etish, balki turli xil musiqiy uslublar bilan tomoshabinlarni tanishtirish boʻlgan.
Ochiq mikrofon tadbirlari odatda haftaning oʻrtalarida yoki dam olish kunlari, yaʼni hafta soʻnggida, bogʻlar va maydonlarda odamlar nisbatan kam boʻlgan yerlarda uyishtiriladi. Kamdan-kam hollarda muqaddas juma va shanba oqshomlari, dam olish kunlari mijozlar koʻproq toʻplanadigan yerlarda, shuningdek jonli ijro tinglash uchun buyurtma qilingan har qanday joyda tashkillashtirilishi mumkin. Buyuk Britaniyada ochiq mikrofon kechalari koʻpincha payshanba kunlari, baʼzan esa chorshanba kunlari boʻlib oʻtadi. U yerda haligacha davom etib kelayotgan ochiq mikrofon uslubidagi eng mashhur musiqa tanlovlaridan biri – Open Mic UK. Buning vazivasi – muntazam ravishda yangi isteʼdodlarni kashf qilib borish. Ushbu tanlovga musiqaning deyarli barcha janrlaridan 10 000 dan ortiq ishtirokchi qatnashgan. Tanlovning bosh mukofoti £30 000 ni tashkil qiladi. Tomoshabinlardan ushbu konsertni kuzatish uchun oldindan roʻyxatdan oʻtib, konsert boshlanishidan oldin oʻz joylarini egallab olish talab qilinadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org