Ochiq Dengiz




Ochiq dengiz (xalqaro huquqda) — hududiy suv chegaralaridan tashqarida boʻlgan, barcha davlatlar erkin foydalanadigan dengiz sah-ni. Ochiq dengizdan foydalanish xalqaro huquq rejimi Jeneva konvensiyasi (1958) va boshqa xalqaro huquq normalari bilan tartibga solinadi. Ochiq dengiz haqidagi konvensiya dengiz boʻyidagi va dengizga yaqin boʻlmagan barcha mamlakatlarga: kemalarning erkin suzish, suv osti kabeli va quvurlar oʻtkazish, dengiz ustidan uchish, shuningdek, baliq ovlash, okean osti re-lyefini oʻrganish va ilmiy tadqiqotlar olib borish huquqini beradi. Ochiq dengiz erkinligi mutlaq cheksiz emas. Boshqa mamlakatlarning qonuniy manfaatlari bilan hisoblashmay, undan turli maqsadlarda foydalanish man qilinadi (mas, yadro sinovlari jarayonida dengiz suvini radioaktiv moddalar bilan zaharlash, chiqindilar bilan bulgʻash va boshqalar).

Manbalar






uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz