Ochilboy Ramatov




Ramatov Ochilboy Jumaniyozovich (oʻzbekcha: Раматов Ачилбай Джуманиязович; 21.08.1962, Xorazm viloyati) — Oʻzbekiston Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari (2016-yildan), Transport vaziri (2019-2020), „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ kompaniyasining boshqaruv raisi (2002-2019), Oliy Majlis Senatining aʼzosi (2015-2020), Oʻzbekiston boks federatsiyasi prezidenti (2012-yildan) va Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti (2018-2019).

Biografiyasi



1962-yil 20-avgustda Xorazm viloyatining Shovot tumanida tugʻilgan. Millati — oʻzbek.

Taʼlim



1984-yildan 1988-yilgacha Toshkent temir yoʻl muhandislari institutida tahsil olgan.

Mehnat faoliyati



1980-yildan 1984-yilgacha Urganch lokomotiv deposida mashinist yordamchisi lavozimidan mehnat faoliyatini boshlagan. 1988-yildan 1995-yilgacha Toshkent teplovozlarni taʼmirlash zavodining ustasi, teplovoz sexi boshligʻi oʻrinbosari va vagon taʼmirlash sexi boshligʻi, 1995-yildan 2001-yilgacha „Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir“ UK bosh direktori, 2001-yildan 2002-yilgacha „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ning bosh bosh muhandisi sifatida ishlagan.
2002-yildan 2019-yilgacha „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ning boshqaruv raisi, 2018-2019-yillarda — Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti vazifalarida ishlagan.
2012-yildan buyon — Oʻzbekiston boks federatsiyasi prezidenti, 2016-yildan buyon — Oʻzbekiston Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — kommunal soha, qurilish, transport majmuasi rahbari vazifalarida ishlab kelmoqda.
Shuning, O. Ramatov 1999-2004-yillarda Oliy Majlis deputati, 2015-2020-yillarda Oliy Majlis Senati aʼzosi.
2019-2020-yillarda — Oʻzbekiston transport vaziri vazifasini ham bajargan.

Mukofotlari



2000-yilda „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanoat xodimi“ davlat unvoni bilan taqdirlandi. 2007-yil avgust oyida Fidokorona xizmatlari uchun ordeni bilan, 2011-yil avgust oyida "El-yurt hurmati" ordeni bilan taqdirlandi, 2013-yilda esa „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni berildi, 2015-yilda Rossiya Federatsiyasining "Doʻstlik" ordeni bilan taqdirlandi. 2022-yil 21-avgustda 60 yillik yubileyi munosabati bilan Mehnat shuhrati ordeni bilan mukofotlangan. Eʼtirof xochi (2013-yil, Latviya).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz