Obuse
Obuse (yaponcha: 小布施町 Obuse-machi?) Yaponiyaning Nagano prefekturasida joylashgan shaharchadir. 2019-yil 1-aprel holatiga koʻra, shaharchada 3832 xonadonda 10999 nafar aholi istiqomat qilgan, aholi zichligi esa har kvadrat kilometrga 580 nafarni tashkil qiladi. Shaharning umumiy maydoni 19,12 kvadrat kilometr (7,38 mi²) ga teng.
Geografiyasi
Obuse shimoliy Nagano prefekturasida, Nagano shahridan sharqda joylashgan.
Atrofdagi munitsipalitetlar
Iqlimi
Shahar iqlimi issiq va nam yoz hamda sovuq qish bilan tavsiflanadi (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Obuseda oʻrtacha yillik harorat 12,4 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1229 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 25,9 °C, eng past harorati esa yanvarda, −0,3 °C atrofida boʻladi.
Demografiyasi
Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Obuse aholisi soni soʻnggi 40 yil ichida ancha barqaror boʻlib qolmoqda.
Tarixi
Hozirgi Obuse hududi qadimgi Shinano provinsiyasining bir qismi boʻlgan va uni Imperator Go-Shirakava davridagi shoen bilan bogʻliq boʻlgan voqealarni soʻnggi Heian davri yozuvlarida joy nomi sifatida koʻrish mumkin. 1843-yilda 83 yoshida yapon rassomi Hokusai boy dehqon Takai Kozanning taklifiga binoan Obuse shahriga borib, u yerda bir necha yil yashaydi. Obusedagi faoliyati davomida Hokusai bir nechta durdona asarlar yaratadi, jumladan Erkak toʻlqini va Ayollik toʻlqini nomli rasmlari mashhur boʻlgan.
Zamonaviy Obuse qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan yaratilgan. 1954-yil 1-fevralda u shaharcha maqomiga koʻtarildi. Obuse 1954-yil 1-noyabrda qoʻshni Tsusumi qishlogʻini oʻziga qoʻshib oldi.
Obuse shahridagi eng yirik shifoxona Shinsei kasalxonasi (Yangi hayot kasalxonasi) Kanadaning Anglikan cherkovi missioneri J.G.Waller tomonidan 1932-yilda Kanadada toʻplangan mablagʻ asosida sil kasalligi sanatoriysi sifatida tashkil etilgan.
Iqtisodiyoti
Kichkina boʻlishiga qaramay, goʻzal Obuse shahri oʻzining kashtan sanoati bilan mashhur boʻlib, u mahalliy hunarmandlar ishiga oʻziga xos joʻshqinlik keltiradi, kashtandan muzqaymoq va boshqa shirinliklar shuningdek turli xil taomlar tayyorlanadi. Mintaqada kashtanlarning koʻpligi sabbali Obuseni Nagano markazidagi sayyohlar va sanʼat kollektsionerlari oʻziga jalb etadi hamda mahalliy yogʻoch ustalari va rassomlar uchun savdo bozorlarini ham yaratadi.
Taʼlim tizimi
Obuseda bitta davlat boshlangʻich maktabi hamda bitta davlat oʻrta maktabi mavjud. Shaharda yuqpri maktab mavjud emas.
Transporti
Temir yoʻl
Magistral yoʻl
Mahalliy diqqatga sazovor joylar
Galereya
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org