Obruchev (paroxod, 1852)




Obruchev paroxodi  – Rossiya imperiyasining Orol flotiliyasi tarkibiga kiruvchi va Sirdaryodagi harbiy aloqa yoʻlllarni himoya qilish uchun moʻljallangan, metall korpusli ochiq turdagi bugʻli qurolli barkas.

Orol dengizidagi birinchi bugʻli kema, Rossiya imperiyasi dengiz flotining yagona gʻildirakli bugʻli uzun barkasi. Kema Rossiya imperiyasi armiyasi generali V. A. Obruchev sharafiga nomlangan .

Kema tavsifi



Kema ochiq turdagi gʻildirakli, bugʻli, uzun shaklda boʻlib, suv sigʻimi 16 tonnalik parchinlangan metall korpusga ega boʻlgan hamda qurollantirilgan. Barkasning uzunligi 21,34 metr, kengligi 2,79 metr va turli manbalardan olingan maʼlumotlarga koʻra, 0,69 metrdan 0,7 metrgacha choʻzilgan. Kemada quvvati 12 nominal yoki 40 ot kuchiga ega boʻlgan bugʻ dvigateli oʻrnatilgan; harakatlantiruvchi sifatida ikkita bortda eshkak eshish gʻildiragidan foydalanilgan, bugʻ mashinasi uchun yoqilgʻi sifatida oʻtin ishlatilgan. Barkas bugʻ quvuri, taʼminlovchi suv quvuri va tutunli gaz chiqarish quvuri bilan jihozlangan.

Kemaning ruderpostiga bitta muvozanatsiz rul oʻrnatilgan va navigatsiya qurilmalari orasida qoʻlda ishlaydigan lot mavjud boʻlgan. Barkasning tumshuq qismida qoʻlda tushiriladigan va koʻtariladigan admiral langari joylashgan. Shuningdek, tumshuq va quyruq qismlariga bittadan flagshtok oʻrnatilgan. Qutqaruvchi asbob sifatida qutqarish ballon va kamarlardan foydalanilgan.

Ovoz va yorugʻlik signallarini taʼminlash uchun barkasda bugʻli hushtak va 4 ta signalli-farqlovchi chiroqlar (bosh, yashil bortli, qizil bortli va quyruq) oʻrnatildi. Barkas ikkita 6 funtli mis karronada bilan qurollangan va ekipaji 14 kishidan iborat boʻlgan.

Xizmat tarixi



1851-yilda Shvetsiyadagi Korlsund zavodida „Obruchev“ bugʻli barkasi ishlab chiqarilgan. Keyingi yili demontaj qilingan holda Perovskiy paroxodi bilan birgalikda Orenburg orqali Raim istehkomiga yetkazilgan. 1853-yil bahorida bugʻ kemalarini yigʻish tugallanib, ular ishga tushirilgan va Aleksey Ivanovich Butakov qoʻmondonligi ostidagi Orol flotiliyasi tarkibiga kiritiladi. Shunday qilib, Sirdaryo boʻylab kemachilik ochilgan. Daryo boʻyida oʻsadigan saksovuldan yoqilgʻi sifatida foydalanilgan. Ikkala kema ham sayoz botishga ega boʻlgan, shuning tufayli dengizga chiqish uchun suriladigan pushtaglardan foydalanish rejalashtirilgan.

Barkas „Perovskiy“ paroxodi bilan birgalikda Oqmachit qal’asiga hujumda qatnashgan. Barkas komandiri leytenant X. P. Erdeli, hujum paytida dengiz desant kuchlarini boshqargan va jangdagi jasorati uchunuchun 4-darajali Avliyo Georgiy ordeni bilan taqdirlangan .

1859-yilda „Obruchev“ Qoʻngʻirot yaqinidagi harbiy harakatlarda qatnashadi, shundan soʻng kema flotiliya qoʻmondoni bilan Amudaryo deltasiga qaytib suzib ketgan va u yerda daryoning Nukusgacha boʻlgan xaritasini tuzishda foydalanilgan, shu bilan birga kema ushbu Xiva xonligi qal’asi yonidan ikki marta suzib oʻtadi.

1864—1868-yillarda Qoʻqon va Buxoro xonliklariga qarshi olib borilgan jangovar harakatlarda „Perovskiy“ paroxodi va „Obruchev“ barkasi harbiy yuk tashishni amalga oshirishgan. Har ikki kema ham 1873-yilgi Xiva yurishida qatnashgan. 1876-yilda Sirdaryo boʻylab kema safarini amalga oshirgan.

1879 va 1880-yillardagi yurishlarda kema Kazalinsk shahri yaqinida joylashgan, shuningdek, Eshon irmogʻi orqali Amudaryoga yangi oʻtish yoʻlini tadqiq qilishda foydalanilgan.

1883-yilda „Obruchev“ bugʻli barkasi flot kemalari roʻyxatidan chiqarilgan.

Kema komandirlari



Turli vaqtlarda quyidagi kishilar „Obruchev“ bugʻli barkasining komandiri boʻlib xizmat qilgan:

Xotira



"Obruchev" kemasi Annamuhamed Klichevning „Kugitanskaya tragediya“ asarida uchraydi, yana kemaning fotosurati ham saqlanib qolgan.

Izohlar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz