Obodon Doʻsova
Obodon Doʻsova (1935-yil, Shovot tumani, Xorazm viloyati — ?) — Shovot tumanidagi Kirov nomli kolxoz brigadiri, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1957), KPSS aʼzosi (1957).
Tarjimayi holi
Obodon Doʻsova 1935-yil Shovot tumanida tavallud topgan. Doʻsova dastlab oddiy kolxozchi, zveno boshligʻi, soʻngra mexanizator boʻlib ishlagan. Paxtachilikni kompleks mexanizatsiyalashtirish va paxtadan yuqori hosil yetishtirishga katta hissa qoʻshgan. 5-chaqiriq Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputati (1959—1962), Oʻzbekiston Kompartiyasi 17-syezdi delegati, Oʻzbekiston KP MK aʼzosi (1968). 2 marta Lenin ordeni bilan taqdirlangan.
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org