Oblys d'Aqmola
Oqmoʻla viloyati - Qozogʻistondagi viloyat (1961-yilgacha Akmolinsk). 1961—92 yillarda Selinograd, 1992-yildan Oqmoʻla viloyati). 1939-yilda tashkil etilgan. Maydoni 155,1 ming km. Aholisi 731 398 kishi (2012), qozoq, rus, nemis, ukrain, belorus, tatar, udmurt, boshqird, mordva, uygʻur, koreys va boshqalar yashaydi. 13 tuman, 7 shahar, 12 shaharcha bor. Maʼmuriy markazi — Koʻkshetov shahri (1999-yildan buyon). Viloyatda 4 oliy oʻquv yurti, oʻlkashunoslik muzeyi, drama teatri bor.
Tabiati
Oqmoʻla viloyati Qozogʻiston past togʻlarining shimoli-gʻarbiy qismini egallagan. Hududining katta qismi toʻlqinsimon tekislik. Mutlaq balandligi 300–400 m. Sharkala Yermentov togʻlari (eng baland joyi — 897 m), janubi-gʻarbida Tengiz-Qurgʻaljin botigʻi joylashgan. Foydali qazilmalari: oltin, boksit, surma, mis, toshkoʻmir, gil, kvars qumi. Iqlimi keskin kontinental, quruq iqlim. Iyulning oʻrtacha harorati 20 °C, yanvarniki — 18 °C. Yillik yogʻin 300 mm. Eng katta daryosi — Ishim. Koʻl koʻp. Oqmoʻla viloyatining shimoliy qismidagi qora tuproqlarda shuvoq-betaga oʻsadi. Dashtlarda kemiruvchilar, tuyoklilar, yirtqichlar, qushlar yashaydi. Qurgʻaljin qoʻriqxonasi bor.
Daryo va koʻllari
Yirik daryolari Yesil, uning tarmoqlari — Qaqutan, Jabay, Terisaqqan, Nura, Suleti, Oʻlenti, Qulanoʻtpes, v.b. Viloyatda koʻllar koʻp, ularning 94 tasi chuchik. Yirik chuchik koʻllari Qoʻrgʻaljin, Qoʻjakoʻl, Shoʻlaqshalqar, Baliqtikoʻl, Uyalishalqar, v.b. Yirik tuzli koʻllari Teniz, Kerey, Itemgen, Qipshaq, Mamay, Ulken Sarioʻba va Astana, Sileti toʻgʻoni bor. Ulardan boʻlak yer sugʻorish maqsadida 37 ta toʻgʻon barpo etilgan, jami suv koʻl. 180,6 mln. m. Qoʻrgʻaljin koʻl tarmogʻini suv bilan toʻldirish va Astananing sanoatini suv bilan taʼminlashni yaxshilash uchun Nura daryosi orqali 70 — 74 mln. m³ Irtish suvi beriladi.
Aholisi
Hududiy boʻlinishi
Akmola viloyati 17 tumanga boʻlinadi.
Qishloq Xoʻjaligi
Oqmoʻla viloyati Qozogʻistondagi muhim gʻallachilik rayonlaridan. Xoʻjaligining asosiy tarmoqlari — obikor dehqonchilik va goʻsht-jun chorvachiligi. Oqmoʻla viloyatining qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlari orasida katta qismini yaylovlar egallaydi. Qishloq xoʻjaligi yirik gʻallachilik bilan sut-goʻsht chorvachiligi, parrandachilik, choʻchqachilik va mayin junli qoʻychilik, yilqichilikka ixtisoslashgan. Ishim daryosi va chuchuk koʻllarda baliq ovlanadi.
Sanoati
Energetikasi Qaragʻanda havzasidagi toshkoʻmir va mazutga asoslanadi. Issiqlik elektr stansiyasi ishlab turibdi. Kon qazish, mashinasozlik va metallsozlik (qishloq xoʻjaligi mashinalari, nasos, vagon taʼmirlash zavodlari), oziq-ovqat (un kombinati, sut zavodlari) va mebel sanoati tarmoqlari rivojlangan. Qurilish materiallari (temir-beton konstruksiyalar, gʻisht ishlab chiqarish) sanoati barpo etilgan. Koʻpchilik sanoat korxonalari Ostonada, shuningdek, Makinskda (porshen xalqalari ishlab chiqaruvchi zavod, qishloq xoʻjaligi inventarlari, avtomobil va traktorlar uchun ehtiyot qismlar), Otbosarda (goʻsht kombinati, remontmexanika zavodi), Alekseyevkada, Shoʻrtandi shaharchasida (mebel fabrikalari) va tuman markazlarida (moy zavodlari, qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari) joylashgan.
Havolalar
Manbalar
uz.wikipedia.org