Obloqulov Hazrat




Hazrat Obloqulov (1928, Gʻijduvon tumani Todon qishlogʻi) — usta dehqon, Oʻzbekiston Qahramoni (2000); Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjalik xodimi (1998). Mehnat faoliyatini Ikkinchi jahon urushi yillari Gʻijduvon tumani Todon qishlogʻidagi jamoa xoʻjaligi aʼzoligidan boshlagan. 1960-yildan shu tumandagi S. Ayniy nomli jamoa (hozirgi shirkat) xoʻjaligida paxtachilik brigadasi boshligʻi, 1999-yildan bosh pudratchi. O. rahbarlik qilayotgan jamoa aʼzolari paxtachilikda yangi agrotexnologiyalarni qoʻllab, yuqori hosildorlikka, shartnomaviy rejalarni muntazam oshirib bajarishga erishdi. Koʻplab shogirdlar yetishtirgan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz