Obidov Qobiljon Gʻafurovich




Obidov Qobiljon Gʻafurovich 1951-yil 20-aprelda Qoʻrgʻontepa tumani, Xonobod qishlogʻida tavallud topgan.

Biografiyasi



Taʼlim



1972-yilda Andijon mashinasozlik institutining gidromelioratsiya fakultetini tugatgan.

Mehnat faoliyati



1972—1975-yillarda Andijon suv inshootlari qurilish tresti 3-qurilish-montaj boshqarmasida usta, prorab, yordamchi korxonalar boshqarmasi boshligʻi, 1975—1986-yillarda trest ishlab chiqarish va texnologik jamlashtirish boshkarmasining bosh muhandisi, boshligʻi, 1987—1988-yillarda Andijon suv qurilish trestining boshqaruvchisi, Andijon suv qurilishmontaj ishlab chiqarish birlashmasi boshligʻi, 1988—1992-yillarda Marhamat tumani ijroiya qoʻmitasi raisi, tuman partiya qoʻmitasi 1-kotibi, tuman hokimi, 1992—1993-yillarda Andijon shahar hokimi, 1993—1996-yillarda Andijon viloyati hokimi, 1996—1997-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining 1-oʻrinbosari, 1997—2004-yillarda Andijon viloyati hokimi vazifalarida faoliyat yuritgan.
2018-yildan — Andijon viloyati oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi vazifasida ishlab kelmoqda.
Obidov rahbarligida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim yutuqlarga erishildi, gʻoʻza va bugʻdoy yetishtirishda yangi texnologiyalar (jumladan, gʻoʻzani plyonka ostiga ekish) joriy qilindi va ularning hosildorligi keskin oshdi, yangi sanoat korxonalari, sport inshootlari barpo etildi, aholining turmush darajasini koʻtarish va farovonligini oshirishda muhim ishlar olib borildi. Andijon viloyatida toʻplangan ilgʻor ishlab chiqarish tajribalari mamlakat miqyosida ommalashtirildi.
Qobiljon Odilov 1990—1994-yillarda Oʻzbekiston Oliy Kengashi, 1994-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati etib saylangan.

Mukofotlari



Qobiljon Obidov 1995-yilda Mehnat shuhrati ordeni bilan, 1998-yilda Oʻzbekiston Qahramoni faxriy unvoni bilan mukofotlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz