Obid Hasanov




Obid Hasanov (1902, Margʻilon — 1976.25.8, Toshkent) — aktyor. Oʻzbekiston xalq artisti (1973). 1919—25 yillarda Qoʻqon drama trup-pasida, 1925—27 yillar Samarqand musiqali teatrida aktyor. 1927—44 yillar Hamza teatrida, 1945—46 yillar Toshkent yosh tomoshabinlar teatrida, 1946—56 yillarda Qoʻqon teatrida, 1958-yildan Hamza nomidagi akademik drama teatrida ishlagan. H. kichik, epizodik rollarning mohir ijrochisi sifatida tanilgan, Eshon (Hamza, "Boy ila xizmatchi"), Amir Muzaffar (Uygʻun, I.Sulton, "Alisher Navoiy"), dehqon chol (S.Azimov, "Zamon drama-si"), jarchi (M.Shayxzoda, "Mirzo Ulugʻbek") va boshqa rollari shular jumlasidan. Bir qancha filmlarda ham suratga tushgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz