Obid Asomov




Asomov Obid Agzamovich (22-oktabr 1962-yil, Toshkent, OʻzSSR — 14-dekabr, 2018, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik qiziqchi va aktyor. 2018-yil 14-dekabrda vafot etgan. Kamolon qabristoniga dafn etilgan.

Oilasi



Obid Asomov bir oʻgʻil hamda uch qizning otasi va olti nafar nabiraning buvasi. Nargiz — qizi. Nargiz qizining ikki oʻgʻli va bir qizi bor.

Biografiyasi



Toshkent teatr institutida oʻqigan. Oqishni tashlab, toʻylarda boshlovchilik qilgan. 1998-yilda „Obid-A teatri“ hajviy guruhini tashkil etgan. 2006-yildan Rossiya televideniyesi „Rossiya-1“ telekanalining „Egri oyna“ (ruscha: Кривое зеркало) hajviy koʻrsatuvida qatnashib kelgan. 2009-yilda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi Obid Asomovni tanqid ostiga oldi va taʼqiq qoʻydi. 2017-yilda undan barcha taʼqiqlar olib tashlandi. 2018-yil 24-may kuni Oʻzbekfilm qoshidagi „Multiplikatsion filmlar studiyasi“ DUK direktori etib tayinlandi

Filmografiyasi




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz