Obduzd




Obduzd (fors, ob — suv va duzd — oʻgʻri, talash) — oʻrta asrlarda sugʻorish tarmoqlari (shohariq, anhor, kanal)dan navbatdan tashqari suvni yashirincha bogʻlab olish. Suv manbalarining etaklarida joylashgan yerlarda sugʻorish mavsumida shohariklardagi suvni qu-yiga ochib yuborish ham O. hisoblangan. O.lik, ayniqsa, Zarafshon vodiysining quyi oqimida Qorakoʻl va Olot tumanlarida kam suvlik mavsumlarida tez-tez sodir boʻlgan. Buxoro vohasida iyul oyining oxiri va avgustning boshida 5 kun davomida sugʻorish tarmoklariga bogʻlab olingan suv "Obi talash", yaʼni janjalli suv deb yuritilgan. Chunki bu davrda suvga boʻlgan talab nihoyatda avj olib, O.lik kuchaygan.

Adabiyot




Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz