Obbi Oulare




Mamadu Obbi Ulare (niderlandcha: Mamadou Obbi Oularé) 1996-yil 8-yanvarda Belgiyaning Varegem shahrida tugʻilgan. Gvineyalik belgiya futbolchisi, „Molenbek 47“ uchun ijara asosida „Barnsli“ klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Jamoalardagi faoliyati



Ulare futbolni „Bryussel“ futbol klubi akademiyasida boshlagan. 2005-yilda u „Anderlext“ akademiyasiga koʻchib oʻtdi, ammo shundan soʻng u „Lyej Standard“, Fransiyaning „Lill“ va „Vaskeal“ yoshlar jamoalarida oʻynab, jarohatlar va moslashishdagi qiyinchiliklar tufayli tez-tez klubini oʻzgartirib turgan. 2013-yilda Obbi „Bryugge“ futbol akademiyasini tugatgan. 2014-yil 14-sentabrda „Genk“ jamoasiga qarshi o‘yinda u ikkinchi bo‘limda Nikola Stormning o‘rniga Yupil ligasida debyut qilgan. 21-sentabr kuni „Kortrijk“ga qarshi bahsda Ulare „Bryugge“ safidagi birinchi golini urgan. 2015-yil fevral oyida Yevropa ligasi doirasida Daniyaning „Olborg“ jamoasiga qarshi o‘yinda Obbi ikkita gol kiritgan. Mavsum oxirida u jamoaning ikkinchi oʻrinni egallashiga va Belgiya kubogini yutishiga yordam bergan. 5-avgust kuni Chempionlar ligasi saralash bosqichi doirasida Gretsiyaning „Panatinaikos“ klubiga qarshi kechgan bahsda Obbi gol urgan.

Sentabr oyida Ulare Angliyaning „Uotford“ jamoasiga oʻtib, besh yillik shartnoma imzolagan. Transfer summasi 6 million funtni tashkil qilgan. U Premer-ligadagi debyutini 18-fevral kuni „Swansea City“ga qarshi oʻtkazdi va ikkinchi boʻlimda Valon Behrami oʻrniga maydonga tushgan.

2016-yilning yozida Ulare „Zulte Waregem“ga ijaraga oʻtgan. 14-avgust kuni „Standart Lyej“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan. 27-noyabr kuni „Standard“ga qarshi kechgan duelda Obbi „Zulte Waregem“ darvozasiga birinchi golini urdi. 2017-yil boshida u Erediviziyada gollandiyalik „Villem II“ uchun olti oylik ijara asosida oʻynadi. Oʻsha yilning yozida Ulare ijara asosida „Antverpen“ga oʻtdi. 28-iyul kuni „Anderlext“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan. 15-oktabr kuni sobiq jamoasi „Zulte Varegem“ga qarshi kechgan duelda „Obbi Antverpen“ uchun birinchi golini urgan.

Yutuqlari



"Brugge" tarkibida

Yoshlar jamoasida




Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz