Obanazava




Obanazava (yaponcha: 尾花沢市 Obanazava-shi?) Yaponiyaning Yamagata prefekturasida joylashgan shahardir. 2020-yil 1-fevral holatiga koʻra, shaharning taxminiy aholisi 15237 kishini, aholi zichligi esa har kvadrat kilometrga 40,9 kishini tashkil qilgan. Shaharning umumiy maydoni 372,32 kvadrat kilometr (144 mi²).

Geografiyasi



Obanazava Yamagata prefekturasining shimoli-sharqidagi togʻli vodiyda joylashgan boʻlib, gʻarbiy qismidan Mogami daryosi oqib oʻtadi, sharqiy qismi Ou tog'lari bilan oʻralgan.

Qoʻshni munitsipalitetlar




Iqlimi



Obanazava nam kontinental iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa), katta mavsumiy harorat farqlari kuzatiladi, issiq (va koʻpincha nam) yoz va sovuq (baʼzan qattiq sovuq) qish fasli bu hududga xosdir. Yogʻingarchilik yil davomida sezilarli boʻlsa-da, lekin avgustdan oktyabrgacha eng kuchli darajasi qayd etilgan. Obanazavada oʻrtacha yillik harorat 10.8 °C (51.4 °F) ga teng. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1,538.5 mm (60.57 in) boʻlib, dekabr eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 23.7 °C (74.7 °F) atrofida va eng past harorat yanvarda, taxminan −1.0 °C (30.2 °F) boʻladi. Shaharda qish faslida juda kuchli qor yogʻadi va bu shaharning oʻziga xos tabiatini namoyon etadi..

Demografiyasi



Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Obanazava aholisi soni 1950-yilda eng yuqori choʻqqiga chiqdi va oʻshandan buyon sezilarli darajada kamaygan.

Tarixi



Hozirgi Obanazava hududi qadimgi Deva viloyatining bir qismi boʻlgan. Meidzi davri boshlangandan soʻng, hudud Yamagata prefekturasi, Kitamurayama tumani tarkibiga kiritildi. Obanazava qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi vaqtida tashkil etilgan va 1897-yil 26-iyulda shahar maqomiga koʻtarilgan. U 1959-yil 10-aprelda shaharga aylantirilgan.

Dontsuki qoʻshigʻining bir versiyasi va Yamagata prefekturasining koʻp joylarida kuylangan „Hanagasa Dance Song“ qoʻshigʻi Obanazavada kelib chiqqan.

Hukumat



Obanazava toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 14 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Shahar Yamagata prefekturasi assambleyasiga bir aʼzoni qoʻshish huquqiga ega. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Yamagata-2 okrugining bir qismi hisoblanadi.

Iqtisodiyoti



Obanazava iqtisodiyoti qishloq va oʻrmon xoʻjaligiga asoslangan. Qishloq xoʻjaligida Obanazava mahalliy tarvuzlari bilan mashhur.

Taʼlim tizimi



Obanazavada toʻrtta davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan ikkita davlat oʻrta maktabi shuningdek, Yamagata prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi.

Transport



Temir yoʻl



Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Ou magistral liniyasi

Magistral yoʻl




Mahalliy diqqatga sazovor joylar




Taniqli odamlar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz