Oasis
Oasis — Manchester, Angliyada tashkil topgan rok-guruh.
Guruh sardorlari — aka-uka Gallagherlar. Noel — gitarachi va koʻpchilik qoʻshiqlarning muallifi. Shuni aytish ham joizki, Noel guruhning bir necha qoʻshiqlarida asosiy vokalchi sifatida chiqadi. Uning ukasi — Liam — asosiy vokalchi va bir nechta qoʻshiqning muallifi. Ular guruhning tashkil topganligidan beri yagona oʻzgarmagan ishtirokchilaridir.
Guruhga juda The Beatles, The Rolling Stones, Sex Pistols, Stone Roses va The Kinks'larning ijodi taʼsir qilgan. Koʻpchilik tanqidchilar tomonidan barcha zamonlarning eng yaxshi albomlaridan biri deb baho berilgan — Definitely Maybe nomli debyut albomning muvaffaqiyati tufayli, keyingi albom — (What's the Story) Morning Glory?'ning 19 millionlik sotuvlari va OAV tomonidan qizdirilgan Blur guruhi bilan „kurashi“ tufayli Oasis XX asr 90-yillarining eng muvaffaqiyatli va taʼsirli guruhlardan biriga aylanadi. Aka-uka Gallagherlar muntazamlik bilan tabloidlar sahifalariga tushishardi va „yomon bolalar“ reputatsiyasiga ega boʻladilar. Guruh muvaffaqiyatining choʻqqisi 1997-yilga — Oasis'ning uchinchi albomi — Be Here Now — britan chartlarining 1 pogʻonalarini egallagani va Birlashgan Qirollikda eng tez sotiladigan albom unvoniga erishgan (sotuvlarning birinchi kunida 500 mingga yaqin nusha sotilgan) paytiga toʻgʻri keldi. 90-yillar oʻrtalarida Oasisning raqobatchilari boʻlgan — koʻpgina guruhlar tarqalib ketishadi yoki albomlarni juda kam yozayotgan paytda, Oasis bir necha ishtirokchisining ketishidan oʻtib va ijodiy krizisni yengib, hozirgacha muntazam ravishda yangi ishlarini taqdim etmoqdalar, ularning konsertlari esa juda ommaviy. 2005-yilda dunyo yuzini koʻrgan ularning ohirgi albomi — Don't Believe the Truth yaxshi retsenziyalarga ega boʻldi va yaxshi sotilardi. 2006-yil 20-noyabrda Oasis'ning eng yaxshi xitlar termasi — „Stop The Clocks“ chiqadi.
Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]
(1991—1993) Birinchi yillar
"The Rain"[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oasis guruhi The Beatlesning qoʻshigʻi sharafiga nomini olgan „The Rain“ guruhidan kelib chiqqan. „The Rain“ning tarkibi:
Guigsy guruhga oʻzining maktabdosh doʻsti Liam Gallagherni taklif etganida, u rozi boʻladi va guruh nomini „Oasis“ga oʻzgartirishni taklif etadi. Oasis'ning birinchi sahna chiqishi Manchesterdagi „Broudwok“ klubida, 1991-yil avgustda boʻlib oʻtadi. „The Inspiral Carpets“ guruhi tarkibida amerikan turnesidan qaytgan Noel Gallagher ukasining chiqishini koʻrgani klubga keladi. Ikki oydan soʻng uni guruhga taklif etishadi, u esa guruh sardori boʻlish va guruhning barcha qoʻshiqlarini yozishni unga topshirish sharti bilan rozi boʻladi.
Birinchi demo-yozuv
1992-yili Noel „The Real People“dan boʻlgan Tony Gryffitsni uning Liverpuldagi studiyasida bir-ikki qoʻshiqni yozishga ruhsat soʻraydi. Keyinchalik „Oasis-Live Demonstration“ deb mashhur boʻlgan bu yozuv guruhning birinchi studiyaviy albomi uchun asos boʻladi. Yozuvli kassetani turli xil rekord-leybllarga yuborishadi, ammo javob kelmaydi.
1993-yilda Oasisni Glazgo'ning „King Tutʼs Wah Wah Hut“ klubiga chaqirishadi. Guruh doʻstlari bilan mikroavtobusni ijaraga olishadi, ular 6 soatli yoʻl bosib oʻtishadi, ammo ularga set-listga kirgizilmagani aytilib, klubga qoʻyishmaydi. Guruh kuch ishlatishiga toʻgʻri keladi. Ularga baribir sahnaga chiqishga ruhsat berishadi va ular Creation Records ovoz yozish leyblining boshligʻi Alan McGui nazariga tushadilar, u darrov ularga shartnoma tuzishni taklif etadi. 1994-yilda cheklangan adad bilan „Columbia“ singli dunyo yuzini koʻradi, keyin esa dastlabki ommabop singllar -"Supersonic" va „Shakermaker“ chiqadi, ular radiostansiyalar efiriga va umumiy milliy chart UK Top 40 ga tushadi.
Diskografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]
Singllar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Rasmiy havolalari
Rus tilidagi fan-saytlari
Boshqa tillardagi fan-saytlar
uz.wikipedia.org