Oʻ (kirill)
Ў — oʻzbek kirill alifbosining oʻttiz ikkinchi harfi. Til orqa, oʻrta keng, lablashgan unli tovushni ifodalaydi (ushbu unlining maʼno farqlovchi til oldi varianti ham ayni shu harf bilan ifodalanadi, yaʼni alohida belgiga ega emas). Qoʻllanishiga koʻra uncha faol boʻlmagan bu harf oʻzbekcha soʻzlarning asosan 1-boʻgʻinida uchraydi: oʻrdak, oʻrik, oʻroq, moʻgʻul, toʻgʻri, qoʻrqoq kabi; oʻzlashma soʻzlarda esa oxirgi boʻgʻinlarda ham qoʻllanishi mumkin: gulroʻ, obroʻ, roʻbaroʻ. Har qanday undosh bilan yonmayon kela oladi. Turkiy xalqlar, jumladan, oʻzbek xalqi uchun umumiy boʻlgan yozuvlarda oʻziga xos belgi-shakllarga ega.
Ў, ў — [o] tovushini aks ettiruvchi oʻzbek kirill alifbosining 30-harfi, hozirgi oʻzbek lotin alifbosida unga
oʻ harfi mos keladi. Bu harf lotin alifbosida okina (ʻ) belgisi bilan yoziladi.
Ў harfi yozilish shakli boʻyicha
У harfini takrorlaydi,
Й harfiga oʻxshab qisqa belgisi qoʻshilgan.
2003-yil sentabr oyida "Belorus yozuvi kunlari"ning oʻninchi nishonlanishida Polotskda
Ў harfi sharafiga yodgorlik oʻrnatildi. Birinchi yodgorlik gʻoyasi koʻp yillar davomida badiiy bosma harflarni oʻrgangan belorus kaligrafi professor Pavel Semchenkoga tegishli.
«Ў» harfi boshqa kirill alifbolarida
Kodlar jadvali
HTMLda
Ў bosh harfini Ў yoki Ў kabi,
ў kichik harfini esa — ў yoki ў kabi yozish mumkin.
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org