Nyu-york (shtat)




Nyu-york — AQShning shim.shar-qiy qismidagi shtat. Atlantika okeani sohilida (Long-Aylend o. ham N.-Y. tarkibida), Kanada bilan chegaradosh. Maydoni 127,2 ming km². Aholisi 19,2 mln. kishi (2002); 84% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Olbani shahri Yirik shaharlari: Nyu-York, Buffalo, Rochester, Sirakyus. Shtat hududining koʻp qismida Appalachi togʻ tizmalari (eng baland joyi 1628m) joylashgan. Iklimi moʻʼtadil, sernam iqlim. Yanv,ning oʻrtacha temperaturasi 0—8°, iyulniki 20— 23°. Yillik yogʻin 800–1000 mm. Yirik daryolari: Gudzon, Sanlavrentiy. Oʻrmonlar bor.

N.-Y. — AQShning iktisodiy jihatdan eng rivojlangan va aholisi zich shtatlaridan. Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish va savdo aylanmasi boʻyicha AQShda 1-oʻrinda. Qishloq xoʻjaliginingetakchi tarmoqlari sut chorvachiligi, parrandachilik, sabzavotchilik, tokchilik.

N.-Y. hududini 17-asr boshida gollandlar bosib olgan. Shtatning mahalliy aholisi qirib tashlangan. 1664-yilda N.-yilni inglizlar egalladi. 1776-yilda N.-Y. AQShni tuzishda qatnashgan dastlabki 13 shtatdan biri boʻlgan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz