Nyu-York




Nyu York shahri  (inglizcha: New York, ruscha: Нью-Йорк) yoki NY koʻrinishida qisqartiriladigan Amerika Qoʻshma Shtatlarining eng katta sanoat, moliya, savdo-transport hamda siyosiy va madaniy markazi, dunyodagi eng yirik shaharlardan biri. Atlantika okeani sohilida, Gudzon daryosining quyilish joyida. Shaharning markaziy qismi Manhattan orolida joylashgan. Iqlimi moʻtadil, sernam iqlim. Yillik yogʻin 1000 mm. Maydoni (shaharning munitsipal chegarasi doirasida, suv havzalarisiz) 953 km². Aholisi 8,336,817 kishi (2009). Nyu Yorkning amalda qoʻshilib ketgan shaharlar va shahar atrofi bilan birga maydoni 27 ming km², aholisi 19 million kishi. Shahar aholisining koʻpchiligi asli yevropalik, osiyolik va afrikaliklar, xususan, 15 % qoratanlilar, 14 % kelib chiqishiga koʻra italyanlar, 12 % puertorikanlar va boshqalardan iborat.

Ilk bor Manhattan oroliga 1613-yilda gollandlar kelib oʻrnashgan. Shaharga 1625-yilda asos solingan. 1626-yildan Yangi Amsterdam deb atalgan. 1664-yilda Yangi Amsterdamni inglizlar bosib olib, gersog Yorkskiy sharafiga Nyu York deb ataganlar. 1785—90-yillarda Nyu York Amerika Qoʻshma Shtatlarining muvaqqat poytaxti. Shaharda Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlarning shtab-kvartirasi joylashgan.

Nyu York — Amerika Qoʻshma Shtatlarida eng katta, dunyoda eng yirik dengiz portlaridan. Chetdan keltiriladigan yuklar (neft, tropik oʻsimliklar mahsuloti, xom ashyo, sanoat buyumlari) chetga chiqariladigan yuklar (sanoat buyumlari, oziq-ovqat)dan 3-marta koʻp. Mamlakat tashki savdo aylanmasining 1/4 qismi Nyu York orqali oʻtadi. Shaharda fond birjasi, bank, sugʻurta jamiyatlari, sanoat va boshqa korporatsiyalarining boshqarmalari joylashgan. 3 ta katta xalqaro aeroport mavjud. Tikuvchilik va poligrafiya sanoatlari salmoqli oʻrin tutadi. Mashinasozlik va metallsozlik (jumladan, elektrotexnika, tayyor qismlardan avtomobil yigʻish, aviaraketasozlik, optika-mexanika), kimyo hamda galantereya va zargarlik buyumlari ishlab chiqarish rivojlangan. Neftni qayta ishlash, rangli metallurgiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Shaharning ayrim qismlarini 60 dan ortiq koʻprik, bir nechta avtomobil tunneli (umumiy uzunligi 370 km) va yoʻlovchilar tashish paromlari birlashtirib turadi. 1868-yildan metropoliten ishlab turibdi.

Nyu York universitetlarning soni boʻyicha Kaliforniyadan keyin ikkinchi oʻrinni egallaydi-bu erda ularning 477, Nyu York davlat yili talabalar masala boʻyicha mamlakatdagi eng yirik hisoblanadi. 40 dan ortiq kollej, Fanlar akademiyasi va boshqa akademiyalar, institutlar, yirik kutubxonalar, muzeylar, 70 dan ortiq teatr binolari, Filarmoniya zali, konservatoriya, konsert zallari va boshqa bor.

Nyu Yorkda italyanlar, yahudiy, xitoy va boshqa millatga mansub aholining koʻcha va kvartallari mavjud. Shahar 19-asr boshidan toʻgʻri burchakli reja asosida shakllana boshladi. 19-asr oʻrtalariga kelib, ulkan shaharga aylandi. Eng katta koʻchalardan biri — Brodvey (uzunligi 29 km). 19—20-asrlarda koʻp qavatli baland binolar qurila boshlandi. 20-asr oʻrtalariga kelib Nyu York uzunligi 200 km keladigan va birbiri bilan tutashib ketgan ulkan shaharlar toʻdasiga aylandi. 17—18-asrlarda qurilgan binolardan ratusha (1803—12), Triniti-Chyorch cherkovi (1839—46), katta muhandislik inshootlaridan Bruklin koʻprigi (1869—83) va boshqa saqlangan. Koʻp qavatli binolardan Empire State Building (102 qavat, 1930—31), BMT shtabkvartirasi binosi (1947—52), Xalqaro savdo markazi (2 ta 110 qavatli minora, balandligi 412 m; 1971—73; 2001-yil 11-sentabrda terrorchilar tomonidan portlatilgan) va boshqa yirik koʻpriklari: George Washington va Verratsano-Norrous. Muhim yodgorliklari: Ozodlik haykali va Vashington arki hisoblanadi.

Tarixi



Qadim zamonlarda hozirgi Nyu York shahri hududida algonkinlar istiqomat qilishgan.

Nyu York limaniga tashrif buyurgan ilk yevropalik Giovanni da Verrazzano boʻlgan. Verrazzano Florensiyada tugʻilgan boʻlib, tadqiqotchi sifatida faoliyat yuritgan. U Nyu York limaniga 1524-yilda tashrif buyurgan hamda u yerni Fransiyaga tegishli hudud, deb daʼvo qiib, hududni Nouvelle Angoulême (Yangi Angoulême), deb nomlagan. Undan keyin, portugaliyalik kapitan Estêvão Gomes rahbarligidagi ispan ekspeditsiyasi 1525-yilning yanvarida Nyu York limaniga yetib kelgan. Gomes Gudzon daryosini Río de San Antonio (San Antonio daryosi), deb nomlagan hamda uning xaritasini ishlagan. 1527-yili Shimoliy Amerikaning sharqiy qirgʻogʻini koʻrsatuvchi ilk ilmiy xarita — Padrón Real Gomes ekspeditsiyasi materiallari asosida ishlangan. AQShning shimoliy-sharqiy qismi Gomes sharafiga Tierra de Esteban Gómez, deb nomlangan.

Geografiyasi



Iqlimi




Demografiyasi




Nyu York shahri aholi soni boʻyicha AQShdagi eng yirik shahardir. 2010-yilgi maʼlumotlarga koʻra, shaharda 8 175 133 nafar kishi istiqomat qiladi. AQShning aholi soni boʻyicha 2-eng yirik shahri boʻlmish Los Angelesda Nyu York shahri bilan solishtirilganda ikki barobar kam kishi istiqomat qiladi. Nyu York shahri aholisi soni 2010—2020-yillar oraligʻida sezilarli darajada oʻsgan (taxminan 629 000 nafar kishi). Solishtirish uchun, AQShning aholi soni boʻyicha Nyu Yorkdan keyingi eng yirik toʻrt shahri — Los Angeles, Chicago, Houston va Phoenixning ayni oʻnyillikda oʻsgan aholi sonini qoʻshganda ham Nyu Yorkda oʻsgan aholi sonidan ozdir. Nyu York shahri aholisi Nyu York shtati aholisining taxminan 44 foizini, Nyu York aglomeratsiyasi aholisining esa taxminan 39 foizini tashkil etadi. Ushbu shaharda istiqomat qiluvchi aholining aksariyati (5 141 538 yoki 58.4 foizi) Long Island, Brooklyn yoki Queensda yashashadi.

Irqiy va etnik guruhlar



2020-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Nyu York shahridagi irqiy va etnik guruhlarning tarkibi quyidagicha: 30.9% oq tanlilar, 28.7% latinoamerikaliklar, 20.2% qora tanlilar yoki afroamerikaliklar, 15.6% osiyoliklar va 0.2% mahalliy amerikaliklar. Latinoamerikalik boʻlmagan aholining 3.4 foizi birdan ortiq irqqa mansub hisoblanadi. 1892—1924-yillar oraligʻida Ellis oroliga 12 milliondan ziyod yevropalik immigrantlar koʻchib kelgan. 1900-yilga kelib, olmonlar immigrantlarning eng yirik guruhini tashkil qilgan. Ulardan keyin irlandlar, yahudiylar va italyanlar immigrantlarning katta guruhini tashkil etishgan. 1940-yilda oq tanlilar shahar aholisining 92 foizini egallagan.

Jinsiy orientatsiya



New York aglomeratsiyasida taxminan 570 000 nafar gey va biseksual kishilar istiqomat qiladi. Shaharda bir jinslar orasidagi nikoh 2011-yilning 24-iyunida legallashtirilgan.

Dini




Xristianlik



Nyu York shahrida yashovchi dindorlarning aksariyati xristianlar hisoblanadi. Soni jihatdan eng katta xristianlik denominatsiyasi tarafdorlari rim katolik cherkoviga toʻgʻri keladi (33%). Ikkinchi eng katta xristianlik denominatsiyasi protestantizm tarafdorlariga (23%) toʻgʻri keladi.

Yahudiylik



Shaharda taxminan 1.1 million nafar kishi yahudiylik diniga eʼtiqod qiladi. Ularning yarmidan koʻpi Brooklynda istiqomat qiladi. Yahudiylik New York shahridagi ikkinchi eng koʻp tarafdorlarga ega din hisoblanadi.

Islom



Islom dini Nyu York shahrida xristianlik va yahudiylikdan keyingi uchinchi eng koʻp tarafdorlarga ega dindir. Musulmon aholining soni taxminan 600 000 va 1 000 000 orasida. Amerikalik musulmonlarning 22.3 foizi Nyu York shahrida istiqomat qilishadi.

Hinduizm va boshqa diniy mansubliklar



Nyu York shahrida yuqoridagi uch dindan boshqa hinduizm, buddizm, sikhizm, zardushtiylik va boshqa dinlar, shuningdek, ateizm tarafdorlari bor. 2014-yilgi maʼlumotlarga koʻra, new yorkliklarning 3 foizdan oshigʻi ateist sanaladi.

Hukumati




Nyu York shahrini mer, munitsipal kengash va hisoblar boshqarmasi idora qiladi. Mer aholi tomonidan 4 yil muddatga saylanadi.

Shaharning amaldagi meri — Eric Adams. 2021-yilda unga saylovchilarning 67 foizi ovoz bergan. Merlik lavozimiga 2022-yilning 1-yanvaridan kirishgan.

2016-yil aprel holatiga koʻra, shaharda roʻyxatga olingan saylovchilarning 69 foizi demokratlar, 10 foizi esa respublikachilar hisoblanadi.

Manbalar




Adabiyotlar

Oʻqish uchun




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz