Nyu-Xempshir




Nyu-Xempshire  — Amerika Qoʻshma Shtatlardan biri. Poytaxti — Concord shahri. AQSh tarkibiga 21-iyun 1788-yilda kirgan, undan oldin — Province of New Hampshire. Nyu-Xempshir shtatining nomi Angliyaning janubida Joylashgan Xempshir grafligi nomidan olib qoʻyilgan. Nyu-Xempshir kichkina shtat boʻlgani bilan, oʻrmonlar, togʻlar, koʻllar va tez oqar daryolarga boy. Nyu-Xempshirda 222ta shahar va shaharchalar bor.

AQShning shim.-sharqiy qismidagi shtat. Yangi Angliyada, Kanada bilan chegaradosh. Mayd. 24,03 ming km². Aholisi 1,27 mln. kishi (2002), 51% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Konkord sh. Eng katta shahri — Manchester. N.-X. maydo-nining katta qismida Appalachi togʻlari joylashgan, shim.-sharqida Oq togʻlar bor. Yirikdaryolari: Merrimak va Konnektikut. Koʻl koʻp. Igna bargli oʻrmonlar bor.

Mashinasozlik, koʻn-poyabzal, toʻqimachilik, sellyuloza-qogʻoz, kemasozlik sanoatlari rivojlangan. Issiklik elektr st-yalari va GESlar bor. Qishloq xoʻjaligi tovar mahsulotining katta qismini sut chorvachiligi va parrandachilik beradi. Dehqonchilikda yem-xashak ekinlari, sabzavot ekiladi. Turizm rivojlangan.

Shtat hududiga yevropaliklar 1623-yildan borib urnasha boshlagan. N.-X. AQShni tuzishda qatnashgan dastlab-ki 13 shtatdan biri.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz