Nyurnberg
Nyurnberg — Germaniyadagi shahar, Bavariya yerida. Pegnits daryosi va Lyudvig kanali boʻyida. Transport yoʻllarining muhim tuguni. Aholisi 486,4 ming kishi (1999). Mamlakatning yirik sanoat markazlaridan. Aeroport bor. Mayn-Dunay kanalidagi port. Elektrotexnika, stanoksozlik, anik, mexanika, kimyo, toʻqimachilik, koʻn-teri, oziqovqat, yogʻochsozlik, poligrafiya sanoati rivojlangan. Amaliy texnika va tasviriy sanʼat akademiyalari, universitet, ilmiy tadqiqot markazlari, opera va drama teatrlari, muzeylar (jumladan, oʻyinchoklar muzeyi) bor. Meʼmoriy yod-gorliklar sakdangan. Metropoliten qurilgan.
N. qoʻlyozmalarda 1050-yildan tilga olingan. 1219-yildan erkin shahar. 14—15-asrlarda hunarmandchilik va savdoning yirik markazi. 1806-yildan Bavariya qirolligi tarkibida. 1945-46 yillarda N. da Xalqaro harbiy tribunal Ikkinchi jahon urushining bosh aybdorlari ishi yuzasidan sud jarayoni oʻtkazgan.
Nyurnberg Germaniyaning Bavariya yerida joylashgan shahardir. Oʻrta Frankoniya tumani tarkibiga kiradi.Maydoni — 186,38 km. Aholisi — 505 664 kishi (2010).
Manbalar
uz.wikipedia.org