N'yu-Meksiko




Nyu Meksiko (inglizcha: New Mexico) - AQShning jangʻarbiy qismidagi shtat. Meksika bilan chegaradosh. Mayd. 314,9 ming km. Aholisi 1,85 mln. kishi (2002), 73% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Albukerke shahri. Shtatning markazi Kr-yali togʻlar (eng baland joyi 4000 m), gʻarbi Kolorodo platosi, janubiy-sharqi LyanoEstakado platosi bilan band. Iklimi subtropik, quruq iklim. Oʻrtacha temperatura iyulda 23°, yanvarda G. Yillik yogʻin 250–500 mm. Eng katta daryosi — Rio-Grande.

Nyu Meksiko AQShning aholisi siyrak shtatlaridan. Uran rudasi qazib chiqarishda yetakchi oʻrinda. Kaliy tuzlari, neft, tabiiy gaz, mis, qoʻrgʻoshin, pyx, oltin, kumush, vanadiy konlari bor. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: rangli metallurgiya, oziq-ovqat, neftni qayta ishlash. Atom energiyasini oʻrganish markazlari bor. Qishloq xoʻjaligida yaylov chorvachiligi asosiy oʻrin tutadi. Nyu Meksiko hududini 16-asrda ispanlar bosib olgan. 1821 yilda Meksika tarkibiga qoʻshilgan. 1848 yildan AQSH bosib olgan. 1912 yildan AQShning 47-shtati.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz