Nyukom Saymon




NYUKOM (Nyukomb, Newcomb) Saymon (Simon) (1835.12.3, Uollis, Yangi Shotlandiya — 1909.11.7 Vashington) — amerikalik astronom. AQSH Milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi (1869), London qirollik jamiyati aʼzosi (1877), Peterburg Fanlar akademiyasi faxriy aʼzosi (1896). Garvard universitetini bitirgan (1858) Asli kanadalik, 1853-yil AQSH ga koʻchib oʻtgan. Asosiy ilmiy ishlari katta sayyoralar harakatini oʻrganishga, astronomik doimiylarni aniqlashga, yulduzlarning aniq vaziyatlarini belgilab beruvchi kataloglar tuzishga oid. Aberra-sion vaqt, nutatsiya va pretsessiya doimiylarining N. tomonidan topilgan son qiymatlari hozir ham qoʻllaniladi. N. mohir fan targʻibotchisi ham boʻlgan. Uning mashhur "Umumiy maʼnodagi astronomiya", "Hammabop astronomiya" kitoblari nashr qilingan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz