Nyu Kvansen




Nyu Kvansen , boshqa variantlari Nyu Kvan Sen , Nyu Gvan Sen (1886-yil, Shimoliy Hamgyong provinsiyasi, Koreya — vafot etgan sanasi nomaʼlum, Mayskiy shahri, Kabarda-Bolqoriya ASSR, RSFSR) — Oʻzbekiston SSR, Xorazm viloyati Gurlan tumani Vazir qishloq soveti Stalin nomidagi kolxoz kolxozchisi. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1950).

Biografiyasi



Nyu Kvansen 1886-yilda Koreyaning Shimoliy Hamgyong provinsiyasi qishloq aholi punktlaridan birida dehqon oilasida tugʻilgan. XX asr boshlarida Nyu Kvansen Rossiya imperiyasining Primorsk viloyatiga emigratsiya qilgan. 1937-yilda Oʻzbekiston SSRdagi maxsus posyolkaga surgun qilingan. Gurlan tumanidagi Stalin nomidagi kolxozda oddiy kolxozchi boʻlib ishlagan.

1949-yilda 5 gektar maydonning har gektaridan oʻrtacha 80,2 sentnerdan sholi yigʻib oladi. SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1950-yil 13-iyundagi farmoni bilan „Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining barcha turlari bo‘yicha majburiy yetkazib berish shartnomalarini bajargani, sug‘oriladigan yerlardan sholi, paxta va yashil kanoplardan yuqori hosil olganligi, 1949-yilda MTS ishi uchun natura shaklida toʻlovlar amalga oshirgani va 1950-yilda bahorgi ekinlarni ekish uchun barchani urug‘lik bilan ta’minlaganligi uchun“ Lenin ordeni, Oʻroq va Bolgʻa oltin medali, Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

Keyinchalik Nyu Kvansen Kabarda-Bolqoriya Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasining Mayskiy qishlogʻida yashagan, 60-yillarning oxirida vafot etgan va Mayskiy shahridagi eski qabristonga dafn etilgan. Hozirda dafn etilgan joyi nisbatan qoniqarli holatda.

Mukofotlari



Sotsialistik Mehnat Qahramoni;Lenin ordeni; „1941-1945 yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi jasoratli mehnati uchun“ medali; Mehnatdagi oʻrnak koʻrsatganligi uchun medali (1952).

Manbalar




Adabiyotlar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz