Nyu Jersi




New Jersey - Amerika Qoʻshma Shtatlaridan biri. Poytaxti - Trenton shahri. AQSh ittifogʻiga 21-avgust 1959-yilda kirgan, undan oldin.

AQShning sharqiy qismidagi shtat. Mayd. 20,16 ming km². Aholisi 8,6 mln. kishi (2002), 89% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Trenton sh. Yirik shaharlari: Nyuark, Jersisiti, N.-J.ning koʻp qismi Atlantika boʻyi pasttekisligida, shimoliy qismi Appalachi togʻlari etaklarida. Iqlimi moʻʼtadil, sernam. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi Gdan —5° gacha, iyulni-ki 22-24°.

Nyu-Jersi — AQShning aholisi eng zich va iqtisodiy jihatdan rivojlangan shtatlaridan. Ishlab beruvchi sanoat yetakchi oʻrinda. Toʻqimachilik, rangli metallurgiya, silikat-keramika, ti-kuvchilik korxonalari bor. Bogʻdorchilik rivojlangan. Nyu-Jersi hududi orqali AQShning yirik shaharlarini bogʻlovchi transport yoʻli va avtomobil yoʻllari oʻtgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz