Nyla Usha
Nyla Usha Gopakumar (1984-yil 25-martda tugʻilgan) — Trivanantapuramlik hind aktrisasi, teleboshlovchi va radio boshlovchi. Dubaydagi Hit 96.7 da radio boshlovchi sifatida qariyb oʻn yil ishlagandan soʻng, 2013-yilda Kunjananthante Kada filmida rol ijro etish orqali aktyorlik debyutini qilgan.
Yoshligi
Nyla Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn shahrida Gopakumar va Usha Kumari oilasida tugʻilgan. U Holy Angel’s Convent Trivandrum maktabida oʻqigan va kollej taʼlimini Tiruvanantapuramdagi All Saints kollejida davom ettitgan. 2004-yilda u Dubayga koʻchib oʻtadi va Hit 96.7 radiostansiyasiga qoʻshilib u yerda radio boshlovchi boʻlib ishlagan.
Faoliyati
2013-yilda Nyla Usha Malayalam kino sanoatida Salim Ahamedning Kunjananthante Kada filmida Mammutti bilan birga rol ijro etish orqali debyut qilgan. Ahamed Nila bilan u Dubayda bir necha bor suhbatlashgani va unga bosh ayol rolini taklif qilganidan beri tanish edi. Filmda u baxtsiz nikohni boshdan kechirayotgan ayol Chithira rolini ijro etgan.
Oʻsha yili u oʻzining ikkinchi ijrosi Punyalan Agarbattis filmida boʻlib, unda u taʼriflaganidek „uning xarakterini oʻzida mujassam etgan qiz“ rolini oʻynagan. U oʻzini qahramon bilan bogʻlashi kerakligi sababli, filmda oʻzining liboslaridan foydalangan. Garchi u Kunjananthante Kadada katta rol ijro etgan boʻlsa-da, uning Punyalan Agarbathisdagi roli Nylaning tan olinishiga sabab boʻlgan.
U Aashiq Abuning 2014-yilgi Gangster jinoiy filmi va Dipu Karunakaranning 2015-yilgi Fireman trillerida bosh rolni ijro etgan. U 2018-yilda Divanjimoola Grand Prix filmida Effymol rolida suratga tushgan. 2019-yilda uning ikkita filmi bor edi: Prithviraj Sukumaran rejissorligidagi Lucifer jangovar dramasi, unda telekanal rahbari rolini ijro etgan va Joshiy rejissorligidagi Porinju Mariam Jose, unda uchta bosh qahramondan biri boʻlgan Mariam rolini oʻynagan. Ikkala film ham tijorat muvaffaqiyatlari boʻlgan.
Shaxsiy hayoti
Nyla Usha Rona Rajanga 2007-yil yanvar oyida, kino sanoatiga kirishdan oldin turmushga chiqqan va ularning Aarnav Rona ismli bir nafar oʻgʻli bor.
Filmografiyasi
Filmlari
Televideniyeda
Manbalar
uz.wikipedia.org