Nyamunas (daryo)




Neman , Nemunas yoki Memel (litovcha: Nemunas; nemischa: Memel; belaruscha: Нёман; ruscha: Неман) — Belarus, Litvadagi daryo (qisman Rossiya Federatsiyasining Kaliningrad viloyati hududidan oqadi). Uzunligi 937 km, havzasining maydoni 98200 km². Minsk qirlarining jan.dan boshlanadi. Boltiq dengizining Kurshskiy qoʻltigʻiga delta hosil qilib quyiladi. Neman quyi qismida ikki tarmoqqa boʻlinadi: Rusne (asosiy) va Giliya. Neman havzasida kichik koʻllar koʻl. Krr, quyi qismida yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sar-fi 678 m³/sek. Dekabrda muzlaydi. Mart oxirida, ayrim vaqtda fevral yoki aprelda muzdan boʻshaydi. Asosiy irmoklari: oʻngdan — Berezina, Myarkis, Nyaris, Nyavejis, Dubisa, Yura, Mi-niya; chapdan — Shchara, Shyashupe. Bir-shtonasdan quyilish joyigacha muntazam ravishda kema qatnaydi. Yogʻoch oqiziladi. Nemanda Kaunas, Grodno, Druskininkay, Alitus, Prenay, Birshtonas, Yurbarkas kabi shaharlar joylashgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz