Nvidia




Nvidia  — grafik prosessorlar ishlab chiqaruvchi kompaniya. Kompaniya mahsulotlari videooʻyinlar, vizualizatsiya, avtomobilsozlik industriyasida qoʻllaniladi.

Tarixi



1993-1999-yillar



Djensen Xuang, Kris Malaxovski va Kyortis Prem 1993-yil aprelida tushlik vaqtida Kaliforniya shtatida kompaniya ochishga qaror qilishdi. Bu vaqtda kelib Malaxovski va Prem Sun Microsystems, Xuang LSI Long kompaniyalarida muhandis boʻlib faoliyat yuritishar edi.
40 ming dollar boshlangʻich kapitalga ega starapda Xuang kompaniya direktori, Malaxovski ishlab chiqish boʻyicha vitse-prezident, Prem bosh texnik direktor lavozimlarida faoliyat boshlashdi. 1995-yil may oyida kompaniya oʻzining ilk mahsuloti NV1 multimedia kartasini taqdim etdi. Ushbu karta Sega kompaniyasi mahsulotlari uchun moslangan edi.

2000-yillar



70 mln dollarga 3dfx Interactive kompaniyasining aktivlarini sotib oladi. Avvalroq huddi shu kompaniya bilan patent borasida sudlashgan va bu kompaniya bankrot holatiga kelgan edi.
2000-2003-yillarda Xbox uchun grafik chiplar ishlab chiqarishdi.

2006-yilda ATI kompaniyasini AMD tomonidan 5,4 mlrd dollarga sotib olinishi natijasida Intel bilan tuzilgan shartnoma bekor qilindi. Buning natijasida ATI ga kelayotgan 70 %gacha daromad Nvidiaga kela boshladi.

2020-yillar



Ethernet va InfiniBand tarmoqli adapterlari hamda kommutatorlar ishlab chiqaruvchi Mellanox kompaniyasini 6,9 mlrd dollarga sotib oldi. Bu xarid kompaniya tarixidagi eng yirik xarid boʻldi.

Mahsulotlar oilasi



Kompaniyaning asosiy mahsulotlari GeForse grafik prosessorlar, Quadro videokartalardan olgan.

GeForce



Ushbu turdagi prosessorlar 1999-yilda NV10 chipida GeForce 256 nomi bilan chiqa boshladi. Bu kompaniyaning ilk gragik prosessori edi.

GeForce Experience



2013-yilda kompaniya GeForce Experience utilitasini taqdim. Uning yordamida Nvidia videokartalarining ish samaradorligini oshirish, drayverlarni aktuallikka tekshirish kabi koʻplab imkoniyatlar mavjud edi.

Boshqaruv



Kompaniyani tashkil etilgan davrdan boshlab Djensen Xuang boshqarib keladi.

Faoliyati koʻrsatkichlari



2018-yil holatiga koʻra kompaniya 3,047 mlrd dollar miqdorida sof foyda koʻrdi. Bu 2017-yilga nisbatan 83 % yuqori hisoblanadi. Kompaniyaning asosiy daromad manbai grafik prosessorlar boʻlib, umumiy foydaning 8,14 mlrd dollar qismini tashkil qildi.

Manbalar




Havolalar



https://www.nvidia.com/ru-ru/

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz