Nutriya




Nutriya , suv bobri (Myocastor coypus) — kemiruvchilar turkumi, nutriyasimonlar oilasiga mansub hayvon. Oilaning yagona turi. Tanasining uz. 60 sm gacha, dumi 45 sm gacha, ogʻirligi 8 kg gacha. Orqa oyoqlarining deyarli barcha barmoqlarida suzgich parda boʻladi, quloqteshigi suvda bekilishi mumkin. Jan. Amerikaning tropik va subtropik mintaqalarida tarqalgan. Jan.-gʻarbiy Yevropa, Zakavkazye va Oʻrta Osiyo mamlakatlari, jumladan, Oʻzbe-kiston jan.

da akklimitizatsiya qilingan. Suvda va suv boʻyida yashaydi; yaxshi suzadi va shoʻngiydi. Kechasi va oqshomlari faol. Botqoq oʻsimliklari poyasidan in quradi, in qazishi ham mumkin. Bir yilda 2-marta 2—8 ta (odatda, 5 ta) koʻzi ochiq, yungli bola tugʻadi. Qimmatli moʻynasi va goʻshti uchun ovlanadi. Moʻynachilik fermalarida boqiladi. Har xil rangli moʻyna beruvchi zotlari chiqarilgan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz