Nutq kamchiliklarini oldini olish




Dunyo miqyosidagi statistik ma’lumotlarga koʻra nutq nuqsonlarining soni koʻpayib bormoqda, shuning uchun bolalar va oʻsmirlarda nutq kamchiliklarini oldini olish dolzarb muammo boʻlib qolgan.

Bizning mamlakatimizda nutq kamchiliklariga ega bolalar bilan olib boriladigan korreksion-tarbiyaviy va pedagogik ishga katta e ’tibor qaratilmoqda. Nutq kamchiliklarini erta aniqlash, korreksion ta’lim va tarbiyani tashkil qilish va ta’lim-tarbiyaning uslublari masalasini hal qilish boʻyicha ma’lum miqdorda yutuqiarga erishilgan.

Koʻp hollarda maxsus ta’sir etish yoMlari orqali bolalardagi turli xil nutq patologiyalarini oldini olishga erishilmoqda.

Bolalardagi nutq kamchiliklarini o ʻz vaqtida oldini olish nerv- psixik kasalliklami oldini olish bilan uzviy bog'liqdir. Bu davolash, pedagogik va ijtimoiy ta’sirlami oʻz ichiga olgan kompleks tadbirlar orqali amalga oshiriladi.

Bolalar poliklinikasi mutaxassislari doimiy dinamik kuzatuv bilan bir qatorda 14 yoshgacha boʻlgan bolalarni poliklinikadan tashqari maktab va maktabgacha tarbiya muassasalarida ham profilaktik ko'rikdan o'tkazib turadilar. Bolalar m uassasalaridagi pedagog va shifokorlarning hamkorligidagi ishi bolalar sogʻligʻidagi kamchiliklami, nutq rivojlanishiga ta’sir koʻrsatuvchi yoki nutq kamchiliklarini keltirib chiqaruvchi tugʻma va orttirilgan kasalliklami erta aniqlashga imkon beradi.

Nutq kamchiliklarini oldini olish muammosi haqida gapirganda bola nutqining normada rivojlanishi uchun zaruriy omillarni oʻrganish va bilish juda muhimdir. Bu m a’lumotlar bola nerv-psixik holatining muhim koʻrsatkichi hisoblanuvchi nutq rivojlanishiga bevosita taaliuqlidir. Uning vazifasi asosan nutq ontogenezining yosh bosqichlarini oʻrganish va ijtimoiy shart- sharoitlami aniqlashdan iboratdir. Nutq kamchiliklarining oldini olish muammosini o ʻrganish jarayonida bolalarni psixologik tarbiyalash boʻyicha normativ va tavsiyalar, bola psixik qobiliyatining rivojlanishi imkoniyatlarini yaratish va qo'llash bo'yicha normativ va tavsiyalar, aholi orasida ommaviy tibbiy-pedagogik propagandani rivojlantirish boʻyicha tavsiyalar ishlanadi.

Aholiga logopedik yordam koʻrsatishning muhim yoʻnalishlaridan biri nutq kamchiliklarini oldini olish hisoblanadi.

Logopediyaning ana shu alohida tarmog'i oldida quyidagi vazifalar turibdi:

Birlamchi profilaktika



Nutqiy rivojlanishidagi nuqsonlami oldini olish psixik funksiyalaming ijtimoiy, pedagogik va eng awalo psixogigiyenik buzilishlami oldini olish chora—tadbirlariga asoslanadi. Sog`liqni saqlash va maxsus pedagogikaning profilaktik ishlarni amalga oshirishi bola tugʻilmasidan ilgari boshlanadi. Bu bo`lajak ona uchun homiladorlik davrida maksimal darajadagi qulay shart-sharoitlami yaratish yoʻli orqali amalga oshiriladi.

Psixoprofilaktik choralar tizimida boladagi psixika va nutqning nasliy patologiyalarini oldini olish m aqsadida ota-onalarni o ʻz vaqtida maslahatxonalardagi mutaxassislarga murojaat qilishlariga erishish muhim ahamiyatga ega.

Bola tug`ilganidan boshlab uning nerv-psixik rivojlanishining holatiga alohida javobgarlik oila zimmasiga tushadi. Bu yosh ota-onalarning psixologik-pedagogik bilimini oshirishni yanada dolzarblashtiradi.

Bola xarakter va shaxsiy xususiyatlarining shakllanishi eng erta yoshlardanoq boshlanadi. Postnatal rivojlanishning erta davrlariyoq bola psixikasi rivojlanishining keyingi bosqichlari uchun katta ahamiyatga ega. Uyqu, chinqirish, harakat va chaqaloq organizmining boshqa fiziologik reaksiyalari markaziy nerv sistemasining saqlanganligi va yetilganlik darajasini aks ettiradi. Shu sababli ota-onalar shifokor bilan birgalikda bunday reaksiyalaming paydo bo`lishi va rivojlanishini diqqat bilan kuzatib borishlari zarur. Agar biron-bir kamchiliklar sezilsa, darhol kerakli profilaktik choralami ko'rish kerak.

60-yillar ilmiy adabiyotlarida "xavtli omil” degan tushuncha vujudga keldi. Bu tushuncha ostida rivojlanishga koʻp va kam darajada zararli ta’sir koʻrsatuvchi tashqi muhitning (biologik va ijtimoiy) turli xil shartsharoitlari va organizmning individual reaksiya koʻrsatish qobiliyati koʻzda tutilgan.

Nutq nuqsonlarining xavfli omillariga buzilgan ontogenezga asoslangan holatlar (masalan, mayda psixomotorika, fazoviy idrok va boshqalar rivojlanishining kechikishi), shuningdek, bola hayotining homilalik, peri — va postnatal davrlarida biologik va ijtimoiy-psixologik ta’sirlar natijasida kelib chiquvchi miya yetishmovchiligi kiradi.

Nutq buzilishlarining biologik xavfli omiliga chapaqaylik kiradi. Bola psixomotorikasining konstitutsional xususiyatlarini hisobga olmaslik nutq koʻrinishlarini keltirib chiqarishi mumkin (koʻpincha duduqlanishni).

Chapaqaylikni o'naqaylikka kuch bilan zo'rlab o'tkazish taqiqlanadi va bu profilaktik tavsiyalardan biri hisoblanadi. Erta yoshlardanoq predmetlami faqat oʻng qoʻlga berish, ehtiyotkorlik va qat’iyat bilan predmetlami chap qoʻldan oʻng qoʻlga oʻtkazish (ovqat mahalida qoshiqni va shu kabilar), oʻyin davomida ko'proq oʻng qoʻlni ishlatish, aynan o ʻng qoʻl bilan predmetlami paypaslash yoki nomini topish va hokazolar orqali chapaqaylikning rivojlanishini oldini olish mumkin.

Ikkilamchi profilaktika



Ma’lumki, nutq buzilishlari bola psixikasining rivojlanishida, uning shaxsiyati va xulq-atvorining shakllanishida (ikkilamchi buzilishlar) oʻz aksini koʻrsatadi. Nutq kam chiligi (alaliya, afaziya) u yoki bu darajada aqliy rivojlanishini chegaralaydi. Bu nutq va tafakkur funksional birligining kuchi singari, atrofdagilar bilan normal aloqa buzilishining oqibati sifatida ham yuzaga keladi. Keyingi holat shaxsning bilimlari, his-tuygʻulari va boshqa psixik ko'rinishlarni kambagʻallashtiradi.

Ba’zan ota-onalar nutq kamchiligiga ega bola bilan kamroq gaplashishga urinadilar va oʻzaro tushunchalami yengillashtirish maqsadida imo-ishora bilan muloqot qilishni boshlaydilar. Bu bilan ular bolaning nutqiy va psixik rivojlanishiga zarar yetkazadilar. Agar bola gapirmasa, u holda ona va barcha atrofdagilar bola bilan qanday boʻlmasin koʻproq gaplashishlari zarur. Asta-sekin bolada nutqning keyingi rivojlanishi uchun muhim boʻlgan lugʻat boyligi to ʻplanadi (Ye.M. Mastyukova, M.V. Ippolitova, 1985).

Nutqiy kamchilikning darajasi va xarakteri bilan bolaning oʻqish va maktab jamoat ishlarida faol ishtirok etish imkoniyati belgilanadi. Oʻz vaqtida va aniq soʻray olmaslik, javob berolmaslik, himoya qilish yoki o ʻqib bera olmaslik maktabdagi o ʻzlashtirishni torm ozlaydi. Nutq kamchiliklariga ega o ʻquvchilar tufayli koʻpincha dars dinamikasi kechikadi, intizom buziladi (sinfda kulgu, masxaralash, shikoyatlar va h.k.lar yuzaga keladi).

Nutq tovush tom onining rivojlanmaganligi, tovush talaffuzi va fonematik jarayonlarning yetarli shakllanmaganligi soʻzning tovush tarkibini analiz va sintez qilishning amaliy koʻnikmalarini oʻz-oʻzidan egallashlarini o ʻz vaqtida shakllanishiga to'sqinlik qiladi. Bu holatni bolalaming savodga o ʻrganishi yulidagi m a’lum bir qiyinchiliklarni tugʻdiruvchi birinchi toʻsiq sifatida o ʻrganish mumkin. Savodga oʻrgatish jarayonida yuzaga keluvchi qiyinchiliklarni ikkinchi to'sib hisoblash mumkin.

Nutq kamchiligiga ega oʻquvchilar o'qishdan orqada qolish natijasida unga qiziqishni yoʻqotadilar va intizomni buzuvchilar toifasiga kirib qoladilar.

Demak, o ʻqituvchi-logopedning diqqati maksimal darajada yuzaga keluvchi ikkilamchi kamchiliklarni o ʻz vaqtida oldini olishga qaratilishi lozim. Ayniqsa, bu vaziyatlarda nutqning tovush tomonining holatini diqqat bilan tahlil qilish lozim, chunki fonematik jarayonlarning yetarli darajada shakllanmaganligi tovush talaffuzi kamchiliklarining to ʻla kompensatsiyalanganligi holatida ham o'qish va yozuv koʻnikmalarini egallashda kamchiliklami keltirib chiqarishi mumkin.

Nutq kamchiligiga ega bolalarni tarbiyalash jarayonida ota-onalar va pedagoglar doimo oʻz xulq-atvorini va o'zining mavqeyini anglashi lozim. Oʻzaro tushunish, ragʻbatlantirish, oʻzaro hurmat, tartibni saqlash, oila a ’zolari oʻrtasidagi singari pedagog va ota-onalar oʻrtasidagi oʻzaro ta’sir nutq kamchiligiga ega bolalardagi psixogen reaktiv holatlar profilaktikasida jiddiy rol o'ynaydi. Xususan, ushbu holat duduqlanuvchi o ʻquvchilar uchun dolzarbdir.

Bolalar nutqiy nuqson bilan bogʻliq shaxsiy kechinmalar, nutq qo'rquvi, nutqiy muloqotni talab qiluvchi vaziyatdan qochish va hoakazo holatlar kuzatilsa, logoped oʻz ishida muhim psixoterapevtik aksentni kuchaytirishi lozim. Bu aksent va psixoterapiya shakllari har doim bola yoshiga va uning individual psixologik ta’sirlanish xususiyatlariga bog'liq bo'ladi.

Nutqiy nuqson belgilarini yaxshi bilish va hisobga olish zarur, shuningdek, uning toʻliq kompensatsiyasi ham e’tiborga olinadi. Buning natijasida har bir bolani har tomonlama sinchikovlik bilan oʻrganish, nutq kamchiligiga ega bolalar korreksion ta ’lim-tarbiyasining yuqori darajadagi variantini tuzishda alohida ahamiyat kasb etadi. O`qituvchilogopedning guruhdagi barcha bolalaming individual xususiyatlarini aniq bilishi nuqsonni bartarf etish imkoniyatini belgilashga yordam beradi, buning uchun kerakli muddatlarni o'rganish, umumta’lim maktablari dasturi boʻyicha o ʻqitishga qarab oldindan baho berish imkonini beradi.

Uchlamchi profilaktika



Ayrim nutq nuqsonlari kasb tanlash imkoniyatlarini chegaralaydi. Nutq kamchiligiga ega boʻlgan bolalarni o'qitish va kasbga yoʻnaltirish uchlamchi profilaktikaning vazifalaridan biri hisoblanadi. Ogʻir nutq kamchiligiga ega bolalar maktabdagi mehnat tarbiyasining maqsadi,

o ʻsib kelayotgan avlodga mehnatga muhabbatni tarbiyalash hisoblanadi. Maktab o ʻquvchilarini ijtimoiy foydali faoliyatga va ishlab chiqarish ishida ishtirok etishga tayyorlash lozim.

Profilaktik logopedik ishlarni tashkil qilish



Ommaviy dispanserizatsiya moyilligi bor bolalar va nutq kamchiligiga ega bolalar orasida profilaktik tarbiyalaming yoʻnaltirilgan keng dasturni oʻtkazishga imkon beradi. Bu nutq buzilishlarini erta diagnostika qilish va rivojlantirishning oldini olish uchun muhim.

Bolalarni dispanserizatsiyalash jarayonida, bola tug'ilganidan boshlab pediator bilan birgalikda shifokor-mutaxassislar ham ishtirok etib keladilar va kerakli davolov-sogʻlomlashtirish tadbirlari kompleksini ta’minlaydilar.

Bola hayotining birinchi yilida pediatming profilaktik koʻrigidan tashqari bola psixonevrolog, okulist, ortoped, otorinolaringolog, 2 yoshida stomotolog, 3—5 yoshlarida yuqoridagi mutaxassislar va logoped koʻrigidan oʻtishi zarur.

Bu kabi tekshiruvlar nafaqat umumiy patologiyani aniqlashga, balki eng erta muddatlarda nutq kamchiligining rivojlanishi imkoniyatini aniqlashga va sogʻIomIashtirish va korreksion ish tadbirlarini o ʻz vaqtida o ʻtkazishga yordam beradi. Maxsus pedagogik tekshiruvlar mavjud nutq kamchiliklarini aniqlashga va ularning profilaktikasi boʻyicha ishni boshlashga yordam beradi.

Pediatoming bola psixofizik rivojlanishini tizimli kuzatish natijasida tuman logopedlari nutq kamchiligiga ega va moyilligi bor bolalar haqida m a’lum ot oladilar. Bunday bolalar bilan logopedik profilaktika poliklinikadagi logoped kabinetlarida oʻtkaziladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash jarayonida, nutq rivojlanishidagi kam chiliklarni aniqlash m aqsadida pediator va logopedning profilaktik koʻrigidan oʻtkazish ishlari amalga oshiriladi.

Aholiga profilaktik yordamni amalga oshirish uchun ilmiy asoslangan dispanserizatsiya tizimi bizning mamlakatimizda keng rivojlanmoqda.

Foydali Adabiyotlar




Havolalar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz