Nusratulla Jumaxoʻja




Nusratulla Jumaxoʻja  — (1953, Gʻijduvon shahri) adabiyotshunos, Filologiya fanlari doktori (1999), professor (2001).

Faoliyati



Toshkent davlat universiteti (Hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning oʻzbek filologiyasi fakultetini bitirgan (1975). Gʻijduvondagi 3-oʻrta maktabda oʻqituvchi (1975—1977), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida laborant, kichik, katta ilmiy xodim (1977—1994). Maʼnaviy va maʼrifiy jamoatchilik markazining „Milliy va umuminsoniy qadriyatlar“ boʻlimi mudiri (1994—1995), Davlat va jamiyat qurilish akademiyasida Til va nutq madaniyati kafedrasi mudiri (1995—2001), Toshkent davlat yuridik instituti (hozirgi universitet) Oʻzbekistonda yangi demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasida professor (2001), mudir (2002—2003), oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasida professor (2003-yildan).

Asarlari



„Poetik tasvirda peyzajning roli“ (1982), „Gʻoyiblar haylidan yongan chiroqlar“ (1994) va boshqa bir qancha kitoblar muallifi.

Mukofotlari



Xalqaro Ahmad Yassaviy mukofoti sohibi (1995).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz