Nusrat Parpiyev




Nusrat Agʻzamovich Parpiyev (1931-yil 14-sentabr, Toshkent — 2021-yil 27-iyul) — sovet va oʻzbek kimyogari, Oʻzbekiston Milliy universiteti professori, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi.

Biografiyasi



1953-yilda Oʻrta Osiyo davlat universitetini, 1956-yilda Moskva davlat universitetida aspiranturasini tamomlagan. Kimyo fanlari nomzodi (1958-yil), kimyo fanlari doktori (1974-yil). Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori. Oʻzbekiston Milliy universiteti professori. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1995-yil) lavozimlarida ishlagan.

Ilmiy faoliyati



Noorganik kimyo bilan shugʻullangan, Oʻzbekistonda „Kompleks birikmalar kimyosi“ ilmiy maktabining asoschisi hisoblanadi. Rangli va nodir metallar va organik moddalar asosidagi kompleks birikmalarni oʻrgangan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz