Nur-Sulton shahridagi Vatan himoyachilari sharafiga yodgorlik




Vatan himoyachilari sharafiga yodgorlik (boshqa manbalarda, shuningdek, Vatan himoyachilari yodgorligi , "Otan korgaushilar" monumenti, „Ona-Vatan“ monumenti ; qozoqcha: Отан қорғаушылар) — Nur-Sultondagi yodgorlik, 2001-yilda Vatan himoyachilari maydoniga oʻrnatilgan.

Tavsifi



Yodgorlik 37,5 m balandlikdagi bronza yodgorlik toshi boʻlib, pastga qarab kengaygan poydevor va balandligi 24 m stelaning oʻzidan iborat. Kompozitsiyaning haykaltaroshlik yechimi — 101 boshoqli dastaga oʻxshatib keltirilgan tasviridir. Boshoqlar soni Qozogʻistonda yashovchi barcha xalqlarning birligini anglatadi. Stela asosining bir tomonida qoʻlida zarhal piyolani qoʻlida tutib turgan Ona-Vatan timsoli boʻlgan ayol siymosi oʻrnatilgan. Yodgorlik uchun 63 tonna Qaragʻanda bronzasi material sifatida xizmat qildi.

Stelaning etagida bir zarrasi Olma-Otadagi 28-gvardiyachi Panfilov nomidagi bogʻdan olib kelingan Mangu olov yonib turadi. Chap va oʻngda ikkita barelyef joylashtirilgan. Chapdagi barelyefda jungor gʻoliblari qozoq botirlar, oʻng tomonda sovet askarlari tasvirlangan.

Loyiha arxitektorlari A. Beksultanov va N. Konopoltsev.

Rasmiy tadbirlar



1998-yilda boʻlajak yodgorlik oʻrniga tamal toshi qoʻyilgan edi. Marosimda Qozogʻistonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev ishtirok etgan.

Yodgorlik 2001-yil 9-mayda Gʻalaba kuni munosabati bilan tantanali ravishda ochildi.

Gʻalaba kuniga bagʻishlangan tadbirlar doirasida har yili monumentga gullar qoʻyiladi. Bundan tashqari, xorijiy davlatlar rahbarlarining Qozogʻistonga rasmiy tashriflari chogʻida ham gul qoʻyish marosimi boʻlib oʻtgan. Ular orasida Aleksandr Lukashenko, Mun Chje In, Angela Merkel, Sadir Japarov bor.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz