Nursadarfiya




Nursafardiya Tariqat asoschisi Saparboy Kushkarov
1952-yili Baxmal tumanidagi Uzunbuloq qishlog'ida
tug'ilgan. Maъlumoti oliy. O'zbekiston Jahon tillari
institutini tamomlagan. Bir necha chet davlatlarda,
jumladan, Hindiston va Tibetda safarda bo'lgan. O'tgan
asrning oxirgi o'n yilligida hech qanday diniy bilimga ega
bo'lmagan holda va biror bir tayinli tariqat vakilidan
irshod-yo'llanma olmay turib o'zini pir, shayx deb atay
boshladi va yangi tariqat tuzganini eъlon qildi.
Agar tarixga nazar solib, tafakkur qilinsa, tasavvuf
tariqatlari o'z-o'zidan, kimningdir ixtiyori bilan tashkil
etilmagani, ularning har biri Rasululloh (a.s.)ga etadigan
silsilaga ega ekani ko'rinadi. Masalan, butun islom
olamiga dong taratgan naqshbandiya tariqati misolida
ko'radigan bo'lsak, uning vujudga kelish va shakllanish
davri Abdulxoliq G'ijduvoniydan (1103-1179) Bahouddin
Naqshbandgacha (1318-1389) deyarli 300 yilga cho'zilgan.
Bundan tashqari, Naqshbandiya tariqatining shakllanishiga
xizmat qilganlarning barchasi islom ilmlaridan boxabar
etukulamolar bo'lgan. Nursafardiya faoliyatiga asos solgan
Saparboy Kushkarov sufiylikning shakllanishi haqidagi
mulohazalari hozirgi davr ilmiy asoslariga to'g'ri
kelmaydi: «So'fiylik tizimining paydo bo'lish davri Odam
(a.s.)ning uchinchi o'g'li Shish (Shis) (a.s.)ga borib taqaladi.
Aynan bu davrda Alloh Shishga 60 oyatlik kitob jo'natdi.
Shundan bir qismida ilohga erishish yo'llari ko'rsatilgan
bo'lib, ikkinchi qismi inson salomatligiga bag'ishlangan.
So'fiylik insonni to'rt darajada mukammallika
erishtirib, iloh bilan to'g'ridan-to'g'ri munosabatda bo'lish
va undan ilohiy amallarni olgan holda insonlarga xizmat
qilishdir. So'fiylik ayrim davrlarda u yoki bu dinda
bo'lishga majbur bo'lgan. Yaъni o'zini saqlab qolish uchun.
Aslida u hech qanday din va falsafa bilan bog'lanmagan
holda o'zi mukammal tizim sifatida paydo bo'lgan. Aynan
so'fiylik har qanday dinning rivojlanishiga va uning
yoyilishiga o'z taъsirini o'tkazib kelgan. Lekin ulardan
ayri holda rivojlangan», - deydi.
Bu fikr tasavvuf borasidagi mo'ъtabar asarlarda bayon
qilingan qarashlarning hech biriga uyg'un kelmaydi. Boz
ustiga, mana shunday fikrlarni turli yo'llar bilan
xalqimiz ongiga singdirishga uriniladi. Masalan:

amaliyotdagi 5
nimadur? U o'z g'oyalariga asoslanib, moziy tariqatlardan
farqli ravishda sufiy nazariyotidan sufiy amaliyotiga
qadam qo'ygan birinchi va yagona sarchashmadir. Tariqat
yo'lida o'n to'rt qadam Nursafardiyya maktabining asosiy
mezonidir. Nursafardiyya maktabi sufiy tabobati, sufiy
jang sanъati, sufiy nafasiyoti, sufiy sheъriyati, sufiy
harakiyoti mazmun-mohiyati bilan xalq orasiga kirib
bordi», - deyiladi.
Nursafardiyaning Jizzax va Toshkent shaharlarida
markazlari faoliyat yuritgan. Bu markazlarda sufiy
nomi bilan bog'langan turli faoliyatlar olib borilgan.
Saparboy Kushkarovga tegishli deb hisoblanadigan bir qancha
risola va kitoblar nursafardiya tariqatining g'oyaviy asosi
bo'lib xizmat qiladi. Unga nisbat berilayotgan «asar»larning
yozilish uslubi ham, mavzular doirasi ham yaxlit emas. Umuman
mazkur kitob va risolalar bir kishi tomonidan yozilganiga
ishonish qiyin. Tilshunoslik jihatidan ham bu holat yaqqol
ko'zga tashlanib turishini qayd etish lozim. Shuning uchun
ularni shartli ravishda muqovada ko'rsatilgan Saparboy
Kushkarov qalamiga mansub, deyish mumkin:


keltirilgan maъlumotlarning hammasi ham xolis voqelikni
aks ettiradi, deb bo'lmaydi. Go'yoki, Saparboy Kushkarovning
O'zbekistonda 25000dan ortiq muridlari borligi, uni
ko'pgina chet el davlatlarida ham yaxshi tanishlari haqidagi
gaplar haddan ortiq bo'rttirib yuborilgan. Aslida, «So'fiy
tabobati» markazlariga shifo istab borganlarining
aksariyati ham Kushkarovning «murshidligi» to'g'risida
juda mavhum tasavvurga egaligi maъlum bo'ldi. Ko'pchilik
uni xalqona usulda davolovchi tabib deb biladi va uning
«tafakkur mahsullariga» beeъtibor munosabatda bo'ladilar.
Kushkarovga kitoblardagi gaplarni yozishda qaysi
manbalarga tayanilgan, deb so'ralganda, u o'z «asar»larini
bevosita Xudodan ilhom orqali olishini aytgan. «Ilhom
namunalari» til va uslub jihatdan turlicha bo'lib, buning
ustiga, ko'pchiligi mazmunan sayoz jumlalar yig'indisidan
iborat. Ayrim namunalarda islom muqaddas dinining
manbalari, xususan Qurъoni karim oyatlari noto'g'ri,
sharq yakka kurashi usullariga moslab, maъnosi buzib
talqin qilingan. Mazmunan diniy hisoblangan mazkur
kitobchalarning birortasi Din ishlari bo'yicha qo'mita
ekspertizasidan o'tkazilmasdan, tegishli ruxsatnomasiz
nashr etilgan. Bu esa ajdodlarimizning muqaddas dini -
islomga nisbatan behurmatlik, respublika qonunlariga
nisbatan bepisandlik, qonunlarni qo'pol ravishda
buzishdan boshqa narsa emas. Bu masalada nursafardiyaning
faoliyatini ijobiy baholab bo'lmaydi.




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz