Nur-Ostona masjidi
Nur-Astana masjidi (qozoqcha: Nur-Astana meshiti/Нұр-Астана мешіті; ruscha: Мечеть «Нур Астана»), Qozogʻistonning Ostona shahridagi masjiddir. Bu Markaziy Osiyodagi uchinchi yirik masjid hisoblanadi. Masjidning balandligi 40 metr (131 fut) boʻlib, bu Islom paygʻambari Muhammad vahiylarni qabul qilgan paytdagi yoshni anglatadi. Minoralarning balandligi esa 63 metrni (207 fut) tashkil etadi, va bu Muhammad vafot etgan yoshining ramziy maʼnosidir.
Livanning Bayrut shahrida arxitektor Charles Hadife tomonidan loyihalashtirilgan masjid Ostona shahridagi daryoning chap qirgʻogʻida joylashgan boʻlib, qurilishi 2005-yil mart oyida boshlangan. Masjid Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev va Qatar amiri Hamad bin Xalifa kelishuviga koʻra barpo etilgan. Masjid oʻz ichida 5000 namozxonni sigʻdira oladi, shu jumladan masjid tashqarisida namozxonlar uchun 2000 kishilik maydon ham mavjud. Tuzilishi shisha, beton, granit va alukabond sngari materiallardan tarkib topgan.
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org