Nurobod (shaharcha)




Nurobod — Toshkent viloyati Angren shahar kengashiga qarashli shaharcha (1984-yildan). Chatqol togʻining etagida joylashgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Ohangaron (12 km). Maydoni 164,3 ga. Aholisi 6,5 ming kishi (2003). N.da umumiy taʼlim maktabi, aloqa boʻlimi, kutubxona, madaniyat uyi, dorixona, madaniy, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, savdo tarmoklari bor. N. yaqinidan Toshkent—Angren— Qoʻqon—Namangan—Andijon—Oʻsh avtomobil yoʻli oʻtadi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz