Nurjan Matjanov




Nurjan Sultamuratovich Matjanov (1974-yil 21-mart, Nukus, Qoraqalpogʻiston ASSR, Oʻzbekiston SSR) — qoraqalpogʻistonlik olim, pedagogika fanlari doktori, dotsent.

Biografiyasi



Nurjan Matjanov 1974-yil 21-martda Nukus shahrida ziyolilar oilasida tugʻilgan. Millati qoraqalpoq. Maʼlumoti oliy. Hozirda Nukus davlat pedagogika instituti fizika-matematika fakulteti dotsenti.

Ilmiy faoliyati



2018-yili 20-dekabrda „Uzluksiz taʼlim tizimida kvant tasavvurlarni shakllantirish va rivojlantirishda izchillik“ mavzusida dissertatsiya ishini himoya qilgan va pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. Nurjan Matjanov „Uzluksiz taʼlim tizimida kvant tasavvurlarini shakllantirish va rivojlantirishda izchillik“ monografiyasi, „Fizika oqytyoʻ metodikasy“ darsligi, „Kvant fizikasin oqitiw metodikasi“ oʻquv-metodik qoʻllanma, „Yarimoʻtkazgichlar fizikasini oʻqitishning zamonaviy asoslari“ oʻquv-uslubiy qoʻllanma, „Astronomiya kursininʼ uliwma astronomiya moduli ushin maʼseleler toplami“ oʻquv-uslubiy qoʻllanma muallifi. 2022-yili 7-dekabrda Toshkent davlat pedagogika universitetida „Pedagogika oliy taʼlim tizimida oʻqitilayotgan kvant nazariyasining metodologik va didaktik asoslari“ mavzusida dissertatsiya ishini himoya qilgan va pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz