Nuriya Akchurina-Muftiyeva




Nuriya Munirovna Akchurina-Muftiyeva (1958-yil 5-yanvar Namanganda tugʻilgan) — sovet, ukrain va rus sanʼatshunosi, arxitektura fanlari nomzodi, sanʼat fanlari doktori. Qrim Avtonom Respublikasida xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (2013).

Biografiyasi



Maʼlumoti — Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti (1980), TsNIIEP oʻquv binolari aspiranturasi (Moskva). Bu yerda, 1987-yilda u — Bino va inshootlar arxitekturasi ixtisosligi boʻyicha „Ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalar uchun mehribonlik uylari va bolalar uylarini loyihalash tamoyillari“ mavzusida arxitektura fanlari nomzodi uchun nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi (Moskva, 1986), Ukraina IIPE NAS doktoranti boʻldi (2007).

Tojikiston politexnika institutida o‘qituvchi (1986—1992), Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida dotsent (1992—1996), Qrim muhandislik-pedagogika universitetida o‘qituvchi (1997-yildan) bo‘lib ishlagan. 1998-yil sentyabrdan — dotsent. 1999-yil sentabrdan — „Maktabgacha taʼlim pedagogikasi va boshlang‘ich taʼlim metodikasi“ kafedrasi dotsenti. 2004-yilda  „Maktabgacha pedagogika“ kafedrasi dotsenti bo'lgan. 2004-yilda „Tasviriy va dekorativ-amaliy sanʼat“ kafedrasiga dotsent lavozimiga oʻtkazildi. 2007-yildan bu kafedra mudiri, 2013-yilda bo‘linib ketganidan so‘ng dekorativ sanʼat kafedrasi mudiri boʻlgan.

2004—2007-yillarda  Ukraina Milliy Fanlar akademiyasining Sanʼat tarixi, folklor, etnologiya instituti doktoranti (Kiyev). 2009-yilda Lvov Milliy Badiiy akademiyasida u „XV-XX asrning birinchi yarmi Qrim tatarlarining dekorativ-amaliy sanʼati“ mavzusida sanʼatshunoslik fanlari doktori ilmiy dissertatsiyasini himoya qildi.

2012-yilda „Tasviriy va dekorativ-amaliy sanʼat“ kafedrasi professori ilmiy unvoni berilgan.

ARXM Vazirlar Kengashining (2003), Oʻzbekiston Taʼlim va fan vazirligining (1999) faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.

Qrim Rossiyaga qo‘shib olingandan keyin u Rossiya fuqaroligini qabul qilib, ilmiy faoliyatini Qrimda davom ettirdi. 2016-yil uchun Qrim Respublikasi Davlat mukofoti laureati boʻldi.

Tadqiqot va bibliografiya



Arxitektura fanlari nomzodi (1987). Sanʼat fanlari doktori (2009). Faoliyatning ilmiy yoʻnalishi Qrim meʼmorchiligi va sanʼati tarixi, islom va nasroniy madaniyatlarining muloqoti va aloqasi, koʻp millatli Qrimdagi zamonaviy badiiy jarayonlardir. 100 dan ortiq ilmiy nashrlar muallifi. Monografiyalar:

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz