Nurislom To‘xliyev
Nurislom Toʻxliyev (6-may 1947-yil) — „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi“ (1997), „Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi aʼlochisi“ (Oʻzbekiston xalq maorifi aʼlochisi) (2001), iqtisod fanlari doktori, professor.
Tarjimai hol
Nurislom Toʻxliyev — 1947-yil 6-mayda Surxondaryo viloyatining Jarqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. Kitobga boʻlgan mehri yoshlik davridan uygʻongan. 1965-yili oʻrta maktabni namunali tamomlab, Samarqand Davlat universitetiga talabalikka qabul qilingan. Talabalik yillarida ham tirishqoqligi va ilmga boʻlgan chanqoqligi tufayli oʻz ustida tinimsiz ishlashga ishlashga hamda kasbining fidoiysi boʻlishiga xizmat qilgan.
N. Toʻxliyev ilm-fanni rivojlantirish yoʻlida tinimsiz mehnat qilib, turli nufuzli ilm maskanlarida tahsil olgan. Izlanishlari va olib borgan tadqiqotlari uni hozirgi darajaga yetishida asosiy omil vazifasini bajargan. Uning mamlakat rivoji yoʻlida olib borayotgan ishlari, mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivoji yoʻlida katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, ensiklopedik yoʻnalishda chop ettirgan ilmiy, siyosiy-iqtisodiy, siyosiy-ijtimoiy, adabiy yoʻnalishlardagi ensiklopedik toʻplamlari tahsinga sazavor.
Taʼlim
1965-yili oʻrta maktabni tamomlab, oliy taʼlimni olish uchun Samarqand Davlat universitetining Tarix fakultetiga oʻqishga kiradi. 1970—1973-yillardayilda Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) Davlat universitetining Iqtisod fakulteti „Siyosiy iqtisod“ kafedrasining kunduzgi taʼlim aspiranturasida oʻqishini davom ettiradi. Izlanuvchan, bilimga chanqoqligi bois
1973-yilda aspiranturaning „siyosiy iqtisod“ ixtisosligi boʻyicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi.
Faoliyati
Mehnat faoliyatini 1969-yili Samarqand Davlat pedagogika instituti „siyosiy iqtisod“ (hozirgi „Iqtisodiyot nazariyasi“) fani oʻqituvchisi sifatida boshlagan. Nomzodlik dessertatsiyasini himoya qilgandan soʻng, Samarqand Davlat pedagogika institutida qaytib oʻqituvchilik faoliyatini davom ettirgan. Shu bilan birga quyidagi:
Ijodi
Iqtisodiy-ijtimoiy nashrlari
Ilmiy-taʼlimiy
40 dan ortiq monografiya, oʻquv qoʻllanma va darsliklar shuningdek, iqtisodiyot va turizm boʻyicha 13 ta darslik va oʻquv qoʻllanmalar muallifi. Respublikaning turli gazeta va jurnallarida 200 dan ortiq ilmiy, ilmiy-publitsistik maqolalari chop etilgan.
Unvonlari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org