Nurillo Toʻxtasinov
Nurillo Toʻxtasinov (Izboskan, 1997-yil 19-fevral) — oʻzbek futbolchisi, Malayziya Super Ligasi vakili „Terengganu FC“ klubida yarim himoyachisi pozitsiyasida toʻp suradi.
Futbolchilik faoliyati
Nurillo Andijon futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Proffesional futboldagi faoliyatini 2016-yilda Toshkentning „Bunyodkor“ klubida boshlagan. 2018-yilgi mavsumni Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasi safida oʻtkazgan. 2019-yilda Bunyodkor jamoasi tarkibiga qaytdi va uch mavsum davomida toshkentliklar safida toʻp surdi. Bu davr ichida jamoaning eng yetakchi futbolchilardan biriga aylandi. 2022-yilgi mavsumda Namanganning „Navbahor“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Jamoa safidagi raqobat tufayli mavsum yakunida Vodiyning boshqa bir jamoasi „Neftchi“ Fargʻona klubi bilan shartnoma imzoladi. Neftchi jamoasida yuqori darajadagi oʻyinlari sababli 2023-yilgi yozgi transfer oynasida Malayziya Super Ligasi vakili "Terengganu FC klubi bilan shartnoma imzoladi.
Milliy terma jamoa
Terma jamoaning turli yoshlar toifalarida o‘ynaganidan so‘ng, u nihoyat futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida Tojikiston terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida O‘zbekiston terma jamoasidan Murod Xolmuhammedov va Shaxzod Ubaydullaevning hamda Tojikistondan terma jamoasidan Zoir Joʻraboyevning gollaridan so‘ng 2:1 hisobida gʻalaba bilan yakunlangan o‘rtoqlik uchrashuvida debyut qildi.
Klublar statistikasi
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org