NURILLAYEV BAXTIYOR AVAZOVICH



NURILLAYEV BAXTIYOR AVAZOVICH (1975.20.1, Nukus) — og’ir atletikachi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi (1998), “O’zbskiston iftixori” (2003). 85 kilogramm vazn toifasida O’zbekiston chempioni (1995, 1996, 1998-2003), Osiyo o’yinlari bronza (1998, Bangkok; 2002, Pusan) va talabalar o’rtasida jahon chempionati kumush (2002, Izmir) medallari sovrindori. Nurillayev Qoraqalpoq universitetini tugatgan (2004), Taxiatosh bolalar va o’smirlar sport maktabida murabbiy (1994 yildan).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz