Nuriddin Zayniyev
Nuriddin Zayniyevich Zayniyev (1952—2015) — oʻzbek davlat arbobi, Qashqadaryo viloyati hokimi (2002-yil 26-dekabr—2011-yil 30-noyabr).
Tarjimai holi
1973-yilda KPSS a'zosi bo'ldi. 1990-yilda KPSS Markaziy Qo'mitasi huzuridagi Ijtimoiy fanlar akademiyasining aspiranti bo'ldi. 1991-yilda Qashqadaryo viloyat partiya qoʻmitasi kotibi boʻldi.
2002-yilgacha “Muborakneftgaz” DK neft va gaz konlari boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan. 2002-yil 26-dekabrda Qashqadaryo viloyati hokimi etib saylandi. 2011-yil 30-noyabrda u hokimlik lavozimidan ozod etilgan.
2000-yilda Qashqadaryo viloyati Muborak 227-okrugidan Oliy Majlis II chaqiriq deputati etib saylangan.
2015-yil 3-fevralda vafot etgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org